So’nggi yangiliklar

09:05Гвардиола кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  0 08:36Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  0 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  109 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  31 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0

"Barcha aybni himoyachilarga ag'darishdan oson ish yo'q". Akmal SHorahmedov bilan AGMKning OCHLdagi ishtiroki, yo'l qo'yilgan xatolar, Masharipov va SHomurodov haqida Yangiliklar

"Barcha aybni himoyachilarga ag'darishdan oson ish yo'q". Akmal SHorahmedov bilan AGMKning OCHLdagi ishtiroki, yo'l qo'yilgan xatolar, Masharipov va SHomurodov haqida

Xalqaro maydonda ishtirok etayotgan klublarimizning beshinchi turdan so'ng guruhda qolib ketishi aniq bo'lib ulgurdi.

SHunday ekan endilikda kerakli xulosalarni chiqarishni ayni mavridi hisoblanadi. Garchi oldinda bitta o'yin qolgan bo'lsada amalda u deyarli hech narsani hal qilmaydi. Ha, jamoalarimizning xalqaro maydondagi ishtiroki barchamiz kutgandek chiqmadi. Ayrim pallalarda omad yuz o'girgan bo'lsa, yana bazi holatlarda elementar xatolar qimmatga tushdi. To'g'ri futbol xatosiz bo'lmasligi tabiiy. 

Biroq bunday darajasi yuqori turnirlarda iloji boricha ehtiyotkorlikka urg'u qaratgan holda natijani o'ylash kerak bo'ladi. Dastlabki turlardan so'ng navbatdagi bosqichga yo'llanma olish uchun ishonch paydo bo'lgandi. Ammo navbatdagi o'yinlardagi mag'lubiyatlar umid uchqunlarini yo'qqa chiqardi. "Paxtakor"ga tashkiliy muammolar to'sqinlik qildi. Lekin AGMKda barchasi ko'ngildagidek ko'ringandi. Olmaliqliklar mag'lub bo'lgan o'yinlarda ijobiy natijaga yaqin keldi. Biz AGMKning OCHLdagi ishtiroki va boshqa mavzular haqida jamoaning sobiq futbolchisi, ayni paytda "Neftchi"da to'p tepayotgan Akmal SHorahmedovga yuzlandik.

- AGMK sizga begona emas. Jamoaning OCHLdagi natijalari sizni befarq qoldirmayotgani tabiiy. Garchi oldinda bitta o'yin bo'lsada olmaliqliklar guruhdan chiqish imkoniyatlarini yo'qotdi. SHunday ekan dastlab jamoaning OCHLdagi o'yinlari haqida umumiy taassurotlaringiz va fikrlaringizni bildirsangiz...

- Mening fikrimcha, CHempionlar Ligasi hozirgi vaqtda biroz kuchsizlangan. Buning o'ziga yarasha sabablari mavjud. Birinchi galda pandemiya, ikkinchidan ramazon oyi bo'lganligi sabab ko'p futbolchilar jismoniy tomondan bor kuchini ko'rsata olayotgani yo'q. SHu bois uchrashuvlarda kutilmagan natijalar qayd etilmoqda. AGMK jamoasining ishtirokini yomon demagan bo'lardim. Zero jamoa bosqichma-bosqich OCHLga etib keldi. Bu yo'lda Mirjalol Qosimov, murabbiylar shtabi va futbolchilar katta hajmdagi ishni bajarishdi. Mirjalol Qosimovning jamoasini shu darajaga olib chiqqanini o'zi katta gap.

- Jamoaning bu musobaqada yo'l qo'ygan asosiy xatosi nimada bo'ldi, deb o'ylaysiz? Balki raqiblariga haddan tashqari ochiq futbol taklif qilganidami? Bunday darajasi yuqori o'yinlarda ko'proq ehtiyotkorlikka etibor qaratilishi to'g'ri  emasmi?

- Bu borada shaxsiy fikrimni bildiraman. AGMK to'pni nazorat qilib raqiblarini charchata olmayapti. Bunday issiq havoda to'pni ushlash juda muhim hisoblanadi. Asosiy xatolaridan biri oddiy gollar o'tkazib yuborayotganida. Navbatdagi jihat jamoa o'yinning ilk daqiqalarini juda bo'sh o'tkazmoqda. 15 daqiqada 2ta to'p o'tkazib yana o'yinga qaytish, bo'sh hududlarga ega bo'lish qiyin. Raqiblaridan "Al Hilol" va "SHabab Al Ahli"ni yaxshi jamoa degan bo'lardim. "Istiqlol" AGMKni omad tufayli yutdi. Ushbu uchrashuvni ko'rdim. To'pni nazorat qilish va xavfli vaziyatlar yaratish bo'yicha olmaliqliklar ustunlikka ega bo'ldi.

- Jamoa gol o'tkazib yuborgan vaziyatlarda asosiy yuk va etiroz himoyachilarga bildirilmoqda. Aslida barcha ayb ulardami? To'p himoya chizig'iga etib kelgunigacha yarim himoyachilar bunga yo'l qo'yib berishmoqda...

- Bu erda faqat himoyachilar aybdor degan fikrdan yiroqman. CHunki pas berayotgan futbolchiga bemalol harakat qilishiga yo'l qo'yilmoqda. Himoyalanish deganda faqat himoyachilar tushunilmaydi.

- Umuman himoyachilar butun o'zbek klublarida muammoga aylanmoqda. Bu terma jamoaga ham tasir o'tkazyapti. Bundan buyon bolalar futbolidan boshlab hozirgidek muammo chiqmasligi uchun himoyachilarni tarbiyalashga ham urg'u qaratish kerikmikan?

- Men oldin ham aytganman, hozir ham aytaman. Hamma xatoni va aybni himoyaga ag'darish oson. Buni futbolni teran tushunadigan insonlar anglashi mumkin. Hozirgi terma jamoamizning himoya chizig'i zo'r. Gol o'tkazib yuborsa himoyachilarni aybdor qilish O'zbekistonda odat bo'lib qolgan. Jamoada himoyada barcha birdek yordam berishi lozim. CHempionlar Ligasini ko'ryapsizmi? Futbolchi qanchalik himoyaga kelib yordam beryapti va pas bermoqchi bo'lgan raqib o'yinchini tezda kutib olib, unga to'g'ri pas berishiga yo'l qo'ymayapti. Agarda futbolchiga to'pni uzatishiga bemalol qo'yib berilsa, menimcha jamoaingizda Ramos yoki De Xea bo'lsa ham yordam bera olmaydi.

-  Xalqaro maydon futbolimizga tutilgan oynami? AGMK ham shu qatorda "Paxtakor" ham Superligamizda qolgan jamoalardan kuchli. Kuchsiz klublar fonida kuchliroq ko'rinishi mumkin. O'tgan yili "Al Hilol" bosh murabbiyi ham bunga alohida to'xtalgandi. Muvaffaqiyatsizlikka tashqi omil sifatida Superligamizda raqobat yo'qligini ham kiritsak bo'ladimi?

- "Paxtakor" guruhda hech kimdan yomon o'ynamadi. Biroq g'alaba qozonishni uddasidan chiqa olmadi. Bu "Paxtakor"ning kuchsizligini bildirmaydi. SHu tarkib bilan ham yaxshi o'yin ko'rsatdi, deb o'ylayman. Biroq gol bo'lmasa jamoaning kamchiliklari ko'zga tashlanaveradi. Biz bir narsani tushunishimiz kerak, Jahon chempionatiga chiqishni istasak yotib olib qarshi hujumda bitta gol urib olishni o'ylamaslik darkor. Har bir o'yindan so'ng loaqal bitta futbolchimizga Evropadan taklif tushsa va kamida 6-7 nafar o'yinchimiz yaxshi klublarda to'p tepsagina mundialga chiqamiz. Arablarda o'ynayotgan futbolchilarimiz? Bu kam. Bunday zo'r futbolchilarni arablarga sotish kerakmas. Agarda taklif bo'lganda ham Jaloliddin Masharipov, Aziz G'aniev yoki Evropada o'ynayotgan Eldor SHomurodovning ortidan ketishligi kerak.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика