Barcali - Mbappe haqida: "U soatiga 3000 kilometr tezlikda yugurgandi"
02 avg 2021 18:24
Yangiliklar
Barcali - Mbappe haqida: "U soatiga 3000 kilometr tezlikda yugurgandi"
"Yuventus" sobiq himoyachisi Andrea Barcali futbol maydonida Kilian Mbappe bilan ilk uchrashuvini esladi.
"Unga qarshi ilk bor o'ynaganimda nimalarni boshimdan o'tkazganimni yaxshi eslayman. O'sha o'yin Monte-Karloda o'tgandi.
U soatiga 3000 kilometr tezlikda yugurgandi. Men final hushtagidan so'ng Paratichidan nega uning transferini kechiktirayotganimizni so'radim.
Menga o'shanda o'yinchi yuqori cho'qqiga chiqan payt, uni o'rtacha pulga xarid qilish imkonsizligini tushuntirishdi. Mbappe uchun talabgorlar etarli edi", - deydi Barcali.
Fikrlar