So’nggi yangiliklar

07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  0 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  0 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2

Bangkok va "Rajamangala" bugungi uchrashuvga tayyor Yangiliklar

Bangkok va "Rajamangala" bugungi uchrashuvga tayyor

Yana bir necha daqiqalardan so'ng Bangkokdagi "Rajamangala" stadionida U23 Osiyo chempionatining chorak finalidan o'rin olgan O'zbekiston - BAA uchrashuvi start oladi.

Biz uchun juda muhim bo'lgan uchrashuvga Tailandning asosiy stadioni shay holatda. Ayni damlarda Bangkokda ob-havo har kungidan biroz salqinroq tuyulsada taxminan 30 daraja atrofida issiq bo'lib turibdi. Futbolchilarimiz Janubiy Koreya terma jamoasi bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng bugungi o'yingacha etarlicha dam olish va tiklanish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Bizga malum bo'lishicha terma jamoamizdagi barcha futbolchilar sog'-salomatlar va bugungi o'yinda maydonga tushish uchun tayyor bo'lib turishibdi. Bugun Tailandning asosiy arenasi to'lib toshmasada mezbonlarning ham O'zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilishlari kutilmoqda. O'zbekistondan tashrif buyurgan muxlislar esa allaqachon stadionga etib kelishgan.

Xullas bugungi o'yinga barcha tayyor. Siz azizlardan esa futbolchilarimizni duolaringiz bilan qo'llab turishingizni so'rab qolamiz. Zero bugungi g'alaba bizni olimpiada sari yanada yaqinlashtiradi.

Quyida Bangkok shahri hamda Rajmangala stadionidan olingan suratlarni tomosha qiling.




Akramjon Mamadaliev Bangkok shahridan championat.asia sayti uchun maxsus

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика