Balotelli turk klubi bilan shartnoma imzoladi
07 iyu 2021 20:28
Yangiliklar
Balotelli turk klubi bilan shartnoma imzoladi
Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Mario Balotelli faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.
Turkiya Superligasining "Adana Demirspor" klubi 30 yoshli italiyalik futbolchi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.
"Inter", "Manchester Siti" va "Liverpul", "Milan" klublarining sobiq futbolchisi o'tgan mavsumda "Monca" safida "B" seriyada to'p surgan va 14 uchrashuvda 6 ta gol kiritgan.
Fikrlar