Balotelli: "Mourino bilan yana ishlashni istayman"
26 jan 2014 14:00
Yangiliklar


Balotelli: "Mourino bilan yana ishlashni istayman"
"Milan" hujumchisi Mario Balotelli kelajakda yana Joze Mourino bilan birga ishlashni istamoqda.
- Albatta, men yana Joze boshchiligidagi jamoada o'ynashni istayman. Hozir biz do'stlarmiz. Mourino jamoasida o'ynash doim qiziqarli. Joze jamoada shunday muhitni yaratadiki, bitta oilaga aylanamiz. O'z navbatida Angliyada "Manchester Siti"dan boshqa klubda o'ynashni tasavvur qila olmayapman, - deydi Balotelli Daily Mirror nashriga.

Fikrlar