

Ushbu nomga shuningdek, PSJ forvardi Kilian Mbappe hamda Lion a'zosi Mussa Dembele da'vogarlik qilgandi. Ovoz berish natijalariga ko'ra, Balotelli – 45, Mbappe – 35 va Dembele – 20 foiz ovozga ega bo'ldi. Qayd etish joizki, Mario Balotelli joriy mavsum marsellliklar safida oyning eng yaxshisi bo'lgan ilk futbolchiga aylandi. 28 yoshli italiyalik hujumchi o'tgan oyda 4ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini to'rt bora ishg'ol etgandi.



