Balotelli: "Ibragimovich menga "Inter"ga mos emasligimni, Rayolaga esa men undan yaxshiligimni aytgan"
14 apr 2020 06:50
Yangiliklar
Balotelli: "Ibragimovich menga "Inter"ga mos emasligimni, Rayolaga esa men undan yaxshiligimni aytgan"
"Breshiya" hujumchisi Mario Balotelli "Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich bilan birinchi uchrashuvi haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, Mario va Zlatan 2007 yildan 2009 yilgacha "Inter" tarkibida birga to'p tepishgan.
"Men yosh edim, unga qaradim, Zlatan esa menga hech qachon asosiy jamoa bilan birga shug'ullanmasligimni aytdi. U "Inter"da o'ynash uchun etarli darajada yaxshi emasligimni va klubga mos kelmasligimni aytdi.
Keyin u Mino Rayolaning oldiga borgan va men undan yaxshi bo'lganim uchun ham Mino men bilan shartnoma qilganini aytgan", - deya Balotellining so'zlarini keltirdi "Football Italia" nashri.
Balotelli o'tgan yilning yozida "Breshiya"ga o'tgan. Oldinroq 29 yoshli forvard "Inter", "Manchester Siti", "Milan", "Liverpul", "Nicca" va "Marsel"da to'p tepgan. Ibragimovich esa "Milan"ga 2020 yilning yanvar oyida o'tdi.
Fikrlar