Ballak: “CHelsi”ga qarshi ECHL bahsida “Bavariya” yaqqol favorit”
13 fev 2020 08:56
Yangiliklar


Ballak: “CHelsi”ga qarshi ECHL bahsida “Bavariya” yaqqol favorit”
Germaniya terma jamoasi sobiq azosi ECHL 1/8 finalidan o'rin olgan bahsga o'z munosabatini bildirdi.
“Bavariya” — yaqqol favorit. Juda ko'p sabablar bor. Myunxenliklar London klubiga qaraganda tajribaliroq. Transfer taqiqi sabab “CHelsi” yoshlarga imkoniyat berishga majbur bo'ldi. Lempard ham hali tajribali emas, u endigina murabbiylikni boshladi. “Bavariya”da esa katta ustunliklar bor. Myunxen klubi o'ta sermahsul o'yin namoyish etmoqda va ular ECHL pley-offi nima ekanligini yaxshi biladi”, — deydi Ballak.
Malumot uchun, “CHelsi” hamda “Bavariya” jamoalari o'rtasidagi ilk bahs 25 fevralda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar