"Balcom BMW Cup": O'zbekiston U-19 ikkinchi uchrashuvda Yaponiyani mag'lub etishdi
11 avg 2015 17:37
Yangiliklar


"Balcom BMW Cup": O'zbekiston U-19 ikkinchi uchrashuvda Yaponiyani mag'lub etishdi
Yaponiyaning Xirosima shahrida davom etayotgan "Balcom BMW Cup" xalqaro turniridagi ikkinchi uchrashuvda Jasur Abduraimov boshchiligidagi terma jamoa Yaponiya yoshlariga qarshi maydonga tushdi. O'yinning 48-daqiqasida Jasur Yaxshiboev tomonidan kiritilgan yagona gol O'zbekiston yoshlariga g'alaba keltirdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqaning ilk turida Polsha yoshlar terma jamoasini penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etishgan edi. Yaponiya yoshlari esa, Xirosimani 2:0 hisobida mag'lub etgandi.
Ikkinchi tur bahslaridan so'ng O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi o'z ochkolarini 5taga etkazib oldi va peshqadamga aylandi. Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi terma jamoa musobaqaning so'nggi turida 13 avgust kuni Xirosima shahri yoshlar terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.
"Balcom BMW Cup" xalqaro turniri.
11 avgust. Xirosima, Yaponiya.
O'zbekiston - Yaponiya 1:0
Gol: Jasur Yaxshiboev (48).
O'zbekiston: Umid Hamroev, Islom Qobilov, Xushnud Avilov, Tursunboy Raximberdiev, Azizjon G'aniev, Nurillo To'xtasinov, SHarof Muhiddinov, Doston Ibragimov, Sanjar Qodirqulov, Husniddin G'ofurov, Behzod G'anijonov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar