"Balcom BMW Cup": O'zbekiston U-19 - chempion
14 avg 2015 11:02
Yangiliklar


"Balcom BMW Cup": O'zbekiston U-19 - chempion
O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Yaponiyada tashkil etilgan "Balcom BMW" xalqaro turnirida chempion bo'ldi.
Jasur Abduraimov boshchiligidagi terma jamoamiz "Xirosima" klubining U-17 jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda O'zbekiston 3:1 hisobida zafar quchdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqaning ilk turida Polsha yoshlar terma jamoasini penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etishgan edi. Ikkinchi turda jamoamiz Yaponiya o'smirlarini asosiy vaqtda mag'lub etishdi. Turnir reglamentiga ko'ra asosiy vaqtdagi g'alaba uchun 3, penaltilar seriyasidagi g'alaba uchun 2 ochko beriladi.
SHu tariqa, O'zbekiston U-19 yoshlar 8 ochko bilan musobaqada chempion bo'lishdi.
"Balcom BMW Cup" xalqaro turniri.
12 avgust. Xirosima, Yaponiya.
O'zbekiston - "Xirosima U17" 3:1
# |
Jamoa |
G' |
Pen-G' |
Pen-M | M |
T-N |
Ochko |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | O'zbekiston U-19 |
2 | 1 | 0 | 0 | 6-3 | 8 |
2 | Polsha U-17 | 1 | 1 | 1 | 0 | 6-4 | 6 |
3 | Yaponiya U-16 | 1 | 0 | 0 | 2 | 2-3 | 3 |
4 | "Xirosima" U-17 | 0 | 0 | 1 | 2 | 3-7 | 1 |
O’xshash yangiliklar
15:12
Muxlislar bilan to'lgan, "Navbahor" "Oq-tepa" ustidan minimal g'alabaga erishgan o'yindan GALEREYA 3

Fikrlar