"Baland dor"dagi adolat haqida
26 noy 2013 10:31
Yangiliklar

"Baland dor"dagi adolat haqida
Deyarli bir oydan buyon “Ballon d’Or” yani “Oltin to'p” sovrini mavzusi qizg'in muhokama qilinyapti. Oh, qanchadan-qancha tahliliy maqolalar, statistikalar, faktlar. Kuzatish qiziq, albatta.
Bir qarasang, Blatter Messini individual jihatdan kuchliroq, Ronaldu esa "komandor" ekanini aytib, interyu beradi. Ronaldu esa o'z navbatida Blatterga uzoq umr tilab, “Oltin to'p” sovrini topshirilish marosimiga tashrif buyurmasligini aytadi. “Baribir “suyukligingiz Messiga bersiz-ku”, deganday arazlaydi.
Bir jurnalist bu holat Riberining foydasiga ishlashi, bu janjallardan keyin Messiga oltindan bo'lgan bu to'pni berish Krishtining gaplarini tasdiqlaganday bo'lishi mumkin ekanligidan unga berilmasligi, Ronalduga berilsa Blatter undan qo'rqib ketgandek yoki aybini tan olgandek taassurot qoldirishi mumkinligini aytib, bu orada chetda tinchgina, futbolini o'ynab, natija ko'rsatib yurgan Riberiga sovrinni topshirish eng tinch variantligini aytib, tahililiy maqola yozvoradimi-ey.
Boshqasi kim qancha sovrin yutganini sanab ketadi. Riberi o'zi ishtirok etgan barcha musobaqalarda g'olib bo'lgani, Riberi ularda o'zini yaxshi tomondan ko'rsatib, g'alabaga munosib hissa qo'shgani, termasi bilan jahon chempionatiga yo'l olganini takidlaydi. Boshqachi Messining gollarini sanash bilan kunini o'tqazadi. Ronalduning hozir qanday formada ekanini, SHveciyani bir o'zi enggani haqida gapirish, eng so'nggi urf bo'lgan “trend” gaplardan. Hamma o'zining haqiqatini peshlaydi. O'zicha adolat o'rnatish niyatida.
Kim munosibroq? Kimga berilishi kerak? Nega berilishi kerak? CHuqurlashib ketyapmiz, men sizga aytsam.
Aslida-chi, hammasi osonroq, oddiyroq hammasi.
SHunchaki, g'oliblar qanday aniqlanishiga etibor qaratilsa, hammasi ancha oydinlashadi.
Hop, g'oliblar qanday aniqlanar edi? Ha, FIFAga azo bo'lgan har bir mamlakatdan uch vakil: terma jamoa bosh murabbiyi, terma sardori va bir jurnalist (matbuot xizmati vakili) ovoz berishadi. Bizdan masalan Mirjalol Qosimov, Server Jeparov va Grigoriy Rtveladzelar ovoz berishdi. Qosimovning javoblari bilan tanishdingiz va yaxshigina bahslashib olishga ham ulgurdingiz. Aminmanki, agar uning uchtaligiga Ronaldu kirib, Messi kirmay qolganida ham baxslar ko'p bo'lsa ko'p bo'lardiki, bundan kam bo'lmasdi.
Gapning indallosi bunday. Murabbiy, futbolchilar doimiy ravishda, jahon futbolini kuzatib, yil davomida eng yaxshi o'yin ko'rsatgan futbolchini aniqlab, domiy ravishda tahlil bilan shug'ullanib yurmaydi. Ularga futbolchilar ro'yxati beriladi, eng yaxshi deb bilganinglarni belgilab beringlar shundoq, deyiladi. Ular ovoz berishadi. Bu erda esa asosiy planga simpatiya chiqadi. Bu normal insoniy faktor. Ularga tanlov imkoniyati berildi, ular tanlashdi. Bo'ldi.
Bunday holatda esa, munosib deb bilganlarimiz emas, eng yorqin futbolchilar imkoniyati yuqorilashib ketaveradi. SHuning uchun ham “Inter” bilan CHempionlar Ligasini yutib, terma jamoasi bilan jahon chempionati finaligacha borgan Sneyder emas, Messi “Oltin to'p”ni qo'lga kiritaveradi. SHu sababdan jahon, Evropa chempioni bo'lgan Inesta emas yana o'sha Messi tilladan bo'lgan matoh sohibi bo'laveradi. Aynan mana shu sababdan bu mavsumda munosiblardan munosib deb hisoblanayotgan Riberi emas, so'nggi vaqtlardagi haddan tashqari yorqin o'yinlar ko'rsatayotgan Ronaldu yoki yana o'sha Messi g'olib bo'lib ketsa ham hayron bo'lmayman. Buning uchun Blatter yoki FIFAni ham ayblab o'tirmayman.
Bilasizmi nima, menda ovoz berish imkoni bo'lganda, birinchi o'ringa o'ylab o'tirmay Ibragimovichni qo'yardim.
Adolatdanmasmi? Mendan adolatli tanlov emas, tanlov qilish so'raldi. SHunaqa gaplar.
Abror Qodirov

Fikrlar