Bakka: "O'yin uslubi bo'yicha Ronaldoga o'xshayman"

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2015, 14:58
"Milan" yangi futbolchisi Karlos Bakkaning fikricha, uning o'yin uslubi braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldonikiga o'xshaydi.

"O'yin uslubi bo'yicha Ronaldoga o'xshayman. "Milan" men uchun katta pul to'ladimi, demak klub menga ishonadi. "Milan"ga o'tganimdan xursandman, ammo "Sevilya"dan ketish oilam va men uchun qiyin bo'ldi.

Jekson Martines bilan o'xshash joyimiz bo'lmasa kerak. U iqtidorli va ko'p gol uradi, men esa tezkor va texnikaga ko'proq e'tibor beraman" - deydi Bakka.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com