Bakambu "Marsel" bilan shartnoma imzoladi
14 jan 2022 12:11
Yangiliklar
Bakambu "Marsel" bilan shartnoma imzoladi
"Vilyarreal" sobiq hujumchisi Sedrik Bakambu "Marsel" o'yinchisiga aylandi.
O'yinchi bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolandi. U yangi jamoasida 13-raqam ostida to'p tepadi.
30 yoshli futbolchi bunga qadar erkin agent maqomida edi. Uning so'nggi ish joyi Xitoyning "Beyjing Goan" klubi bo'lgan edi. U Evropada "Sosho", "Bursaspor" va "Vilyarrel"da o'ynagan.
Hujumchi o'tgan mavsum Xitoy klubi tarkibida 13ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar