Bahrom Haydarov: "Uch ochko ikki jamoaga ham suv va havodek zarur edi"
16 okt 2021 20:07
Yangiliklar
Bahrom Haydarov: "Uch ochko ikki jamoaga ham suv va havodek zarur edi"
- O'yin haqida
- Juda qiyin o'yin bo'ldi. Uch ochko ikki jamoaga ham suv va havodek zarur edi. O'ylaymanki, bir ochko qo'lga kiritganimiz – yaxshi natija. Bugun jamoalarning maydondagi hamma futbolchilari faol harakat qilishdi. Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. "Turon" oxirgi o'rinda borayotganiga qaramasdan, o'z uyida kuchli o'yin ko'rsatishini isbotladi.
- Murod Bobojonovning jarohati qanchalik jiddiy?
- Oyog'i ozgina shishgan. SHifokorlar o'rganib chiqib, xulosasini aytishadi.
- Bugun jamoangizning eng yaxshi futbolchisi deb, darvozabon Rustam Nortojievni ko'rsatsak bo'ladimi?
- Albatta, bo'ladi, lekin u o'z ishini qildi. Bir nechta golli vaziyatlarda qutqardi. Himoyachilarni ham ko'rsatsa bo'ladi. Yarim himoyamiz ham juda yaxshi o'ynadi, hujumchi ham. Barcha poziciya egalari yaxshi ko'rinishdi.
- Turnir jadvali quyi qismida jiddiy kurash kechmoqda. Superligada qolish uchun qaysi jamoaning imkoniyati yaxshiroq?
- Hali biror narsa deyish qiyin. Quyi qismdagilar hali vazifani uddalay bilishmadi. "Metallurg", "Mashal", "Surxon", "Andijon", "Turon"... Hammada imkoniyat bor. Oxirida ko'ramiz. O'ylaymanki, eng yaxshi imkoniyat bizda. Xudo xohlasa buni uddalaymiz.
- Jamoa sardori Asror G'ofurov qachon maydonga qaytadi?
- Asror G'ofurovda futboldan tashqari mojaroli jarayon davom etyapti, bu hali hal bo'lgani yo'q. Mojaro echimi topilsa, federaciya ko'rib chiqadi. SHuning uchun anig'ini aytolmayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar