So’nggi yangiliklar

10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  10 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  7 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  4 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  21 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1

Bahrom Haydarov: "Kubok uchrashuvlari bir o'yindan iborat ekanligi qo'shimcha bosim yuklaydi" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Kubok uchrashuvlari bir o'yindan iborat ekanligi qo'shimcha bosim yuklaydi"

O'zbekiston kubogi 1/4 final bosqichidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Surxon" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




- O'yin haqida

- Har doim kubok o'yinlari shu kabi shiddat bilan o'tadi. Keyingi bosqich yo'llanmasi bitta o'yin orqali hal bo'lishi o'ziga yarasha bosim yuklaydi. "Bunyodkor"ga qarshi safardagi o'yin qiyin o'tishini bilardik. Bugun ishqibozlarga yoqadigan tomoshabop bellashuv bo'ldi. Birinchi bo'limda gol o'tkazmaslikka harakat qilgandik. Afsuski, xato evaziga mezbonlar darvozamizga to'p kiritishdi. Ikkinchi bo'limda oldinga chiqishga majbur bo'ldik. Ikkinchi taymda birinchisidan ko'ra vaziyatlarimiz ko'proq bo'ldi. Xatto hisobni tenglashtirishimiz ham mumkin edi. "Bunyodkor" jamoasini yarim final yo'llanmasi bilan tabriklayman.

- "Surxon" jamoasining ikkinchi bo'limdagi o'yinida mazmun paydo bo'ldi. Odatda "Bunyodkor"ga qarshi himoyaviy uslub ko'proq qo'llanilardi. Navbatdagi o'yinlarda jamoangizga ilk daqiqalardan faollik namoyish etish bo'yicha ko'rsatma berasizmi?

- Hozir aytib o'tdim, bu bir o'yindan iborat kubok bahsi. Agar chempionat doirasida bo'lsa, 1 ochko uchun ham o'ynaladigan uchrashuvlar bo'ladi. Hozir bizga chempionatda har bir ochko suv va havodek zarur. Kubok o'yinida hisobga qarab o'ynadik. Zaxira vakillarimiz ham o'yinni kuchaytirdi.

- "Surxon"da jamoaviy ko'zga tashlanmagandek ko'rindi. Ikkinchi bo'limda "Bunyodkor" o'yinni susaytirgandan so'ng jamoa harakatga tushib qolgandek ko'rindi...

- Bugun shunday ko'ringan bo'lishi mumkin. Bizda ahil jamoa shakllangan. Tarkibimizda yoshlar va tajribali futbolchilar bor. Jamoaviy o'yin yaxshi chiqmagan bo'lsa, bu murabbiylar shtabining, bizning aybimiz bo'lishi mumkin. Biz ularni o'yinga ruhan tayyorlamagan bo'lib chiqamiz. Bu haqda albatta, o'ylab ko'ramiz.

- Lutfulla To'raevning maydonga tushmagani markazda engillik berdimi?

- Markazda emas, butun jamoaga engillik berdi, deb aytsak bo'ladi. Baribir ushbu mavsumda Lutfulla To'raev o'yinni boshqaryapti, uni o'ynovchi murabbiy sifatida ko'rsatsa to'g'ri bo'ladi. Bu kabi futbolchilar jamoada murabbiylarga yaqindan yordam beradi.

- Murabbiylar bir futbolchiga uzatma bermasligi haqida ko'rsatma berishdi. Buni qanday izohlaysiz?

- Bu ko'rsatma Jasur Yoqubovga berildi. U o'yin davomida bir-ikki marta xatoliklarga yo'l qo'ydi. SHu sabab unga shu ko'rsatmani berdik. Futbolchi o'yinlar davomida o'sib boradi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика