So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Bahrom Haydarov: "10 kishi bo'lib qolgan bo'lsak-da, hisobni saqlab qoldik va vazifani bajardik" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "10 kishi bo'lib qolgan bo'lsak-da, hisobni saqlab qoldik va vazifani bajardik"

Superliganing yakuniy 26-turidan o'rin olgan "Surxon" – "Mashal" (1:0) bahsidan keyin mezbonlar ustozi Bahrom Haydarov fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida 

- Bugungi o'yin natijasi ikki jamoa uchun ham juda muhim edi. CHunki Superligada qolish uchun kurash bo'ldi. Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tdi deb o'ylayman. 10 kishi bo'lib qolgan bo'lsak-da, hisobni saqlab qoldik va vazifani bajardik. Yigitlarga, jamoa xodimlari va rahbariyatiga rahmat. Butun Surxondaryo xalqini, muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman!

- Mavsum boshidan buyon Bahrom Haydarov faoliyati xususida ishonchsizlik bor edi. O'sha ishonchsizlik bugun sezilmadi. Sizni mavsum davomida tanqid qilgan muxlislar yoki mutaxassislar haqida fikringiz?

- Albatta, har bir murabbiy doim tanqid ostida qoladi. Bu juda yaxshi narsa deb o'ylayman. Ishlashdan to'xtamaymiz. Biz halol mehnat qilib, Xudoga shukrki, vazifamizni bajardik. To'g'ri, 10-o'rin zo'r natija emas. Lekin yoshlardan va o'tgan yili o'zini ko'rsata olmagan futbolchilardan iborat yangi jamoa tuzilgandi. Hozir bir nechta futbolchimizga takliflar kelib tushmoqda, bu o'ylaymanki, hamma borini berib, mehnat qilgani samarasi.  

- "Surxon" klubi jamoani yoshartirish yo'liga o'tdi. Keyingi mavsumda ham shu tizim asosida ish olib boriladimi?

- Albatta, agar akademiyalar qurilsa, bog'liqlik bo'lsa, uzilish bo'lmasa, shunday bo'ladi. O'ylaymanki, shu yo'ldan boriladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика