So’nggi yangiliklar

14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  11 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  3 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  2 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  9 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0

Bahrom Hakimov: "Har ikkala jamoamizdan ham ijobiy natija kutsak bo'ladi" Yangiliklar

Bahrom Hakimov: "Har ikkala jamoamizdan ham ijobiy natija kutsak bo'ladi"

Taniqli murabbiy Bahrom Hakimov bugungi o'yinlar oldidan o'z fiklarini bildirib o'tdi.
- "Lokomotiv"ning tayyorgarligi haqida gazeta va saytlardan xabardor bo'lib turdim. Tanishlarim ham klubda bo'layotgan o'zgarishlar xususida aytib turishdi. Lekin yaqin orada birorta sinov-nazorat bahsini ko'rmadim. SHuning uchun jamoaning qanday o'yin ko'rsatishini ayta olmayman. Lekin bunday yulduzli tarkib bilan ular Toshkentda kerakli natijani qo'lga kirita olishadi. O'z uyingda devorlar ham yordam beradi deganlaridek, "Lokomotiv" futbolchilarining poytaxtda g'alaba qozonishiga shubha yo'q. Toshkentda iqlim vakillarimizga nisbatan ko'proq raqib futbolchilariga muammo keltirib chiqarishi mumkin. SHuning uchun bundan xavotir olish kerak emas.

- Bugungi o'yinda "temiryo'lchilar"ning qanday taktikada o'ynashini bilmaymiz. Lekin men qaerda ishlamay doimo ikkita hujumchi bilan o'yinni boshlaganman. Muxlislarga ham hujumkor futbol yoqadi. Aytishlaricha "Lokomotiv" murabbiylari xorijdan yuqori saviyadagi hujumchilarni tarkibga jalb etishgan. SHuningdek, oldingi chiziqning tezkor vakili Ivan Nagaevdan ham ko'p narsa kutsa bo'ladi.

- "Nasaf"ning imkoniyatlari ham juda yaxshi. Men Ro'ziqulga ishonaman. Bu shogirdim ahil klubni shakllantira oldi. Asosiysi jamoa o'z o'yin uslubiga ega. Qatarda ular g'alaba bilan qaytishiga tilakdoshman. Bu o'yinga ajdarlar Turkiya va BAAda tayyorgarlik ko'rishdi. Murabbiy nima qilish kerakligini biladi.

- "Nasaf" ham bugun ikkita hujumchi bilan o'ynashi kerak. Ilhom SHomurodovga Igor Taran sal orqaroqda yordam bersa yaxshi bo'ladi degan umiddaman. Undan tashqari Kenja To'raevning tayyorgarligi ijobiy bo'lsa, undan ham foydalansa bo'ladi. Qolaversa o'tgan yili ko'pchilikni tiliga tushgan Azamat Allaniyozov ham boriligini unutmaslik kerak. Fursatdan foydalanib har ikkala jamoamizga omad kulib boqishini Yaratgandan so'rab qolamiz.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика