So’nggi yangiliklar

22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   19 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  3 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  8 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4 18:228 футболчи шу ёзда "Ювентус"ни тарк этиши мумкин  0 17:58"Барса" ўйинчиси Роке яна "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 17:23Симонс яна бир мавсумни ижара асосида "Лейпциг"да ўтказади. У бир неча кундан сўнг тиббий кўрикдан ўтади  3 16:58Флик Кантенинг "Барса"га ўтишини блоклаб қўйди. Мураббий ёш ўйинчиларни афзал кўради  15 16:28Моуринью Гюндоганни "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  2 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  2 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  6

Bahrom Hakimov: "Biz mag'lubiyatga aslo loyiq emasdik" Yangiliklar

Bahrom Hakimov: "Biz mag'lubiyatga aslo loyiq emasdik"

Dinamo - Neftchi (0:1) uchrashuvidan so'ng dastlab Dinamo bosh murabbiyi Bahrom Hakimov o'yin haqida to'xtaldi.

Afsuski, juda qimmatli ochkolarni boy berdik. Bugun barcha ko'rdi, biz mag'lubiyatga aslo loyiq emasdik. Hech bo'lmasa, birinchi bo'limda penaltidan gol urganimizda o'yin mutlaqo boshqacha o'tardi - deya gap boshladi mezbonlar murabbiyi.

SHuncha golli vaziyatlardan qanday qilib foydalana olmadik, o'zim ham hayronman. Aksariyat holatlarda to'pning darvozaga kirishidan ko'ra, kirmasligi qiyin edi. Futbolda bunaqasi uchrab turadi. O'ylashimcha, bugun omad biz tomonda emas, raqib tomonda edi - deydi murabbiy.

Bugun shogirdlarim o'yinidan qoniqmadim, deya olmayman. Yomon o'yin namoyish etmadik. Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik va bugun maydondagi harakatlar yomon chiqmadi. Ancha kuchli bo'lgan Neftchi jamoasini himoyada o'ynashga majbur qildik, ammo hal qiluvchi zarbani yo'llashga ojizlik qildik. Ushbu mag'lubiyat uchun barcha Dinamo muxlislaridan uzr so'rayman. Ular bizni shuncha qo'llab-quvvatlab g'alabaga munosib edilar. Vada beramanki, jamoa mavsum yakunigacha har o'yinda oxirigacha kurashib muxlislarni xursand etadi - deya fikr bildirdi Bahrom Hakimov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика