So’nggi yangiliklar

18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  0 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  0 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   7 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  2 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  7 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  6 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0

Bahrom Abdurahimov: “Jarohatim jiddiy emas” Yangiliklar

Bahrom Abdurahimov: “Jarohatim jiddiy emas”

Oliy liganing uchinchi turidan o'rin olgan “Nasaf” – “Obod” (1:0) uchrashuvining so'nggi daqiqalarida “Nasaf” futbolchilari o'yinni bir kishi kam bo'lib tugatishga majbur bo'lishdi.

Sababi jamoaning etakchi yarim himoyachilaridan biri Bahrom Abdurahimov shifokorlar yordamida maydonni tark etdi. Bu holat albatta qarshilik futbol muxlislarini xavotirga solgan bor gap. Sababi 5 aprelda “Nasaf” OCHL doirasida Qarshida “Al Jayish”ni qabul qiladi. Bu o'yinda Abdurahimovning yordami jamoaga zarur bo'ladi. O'yindan keyin futbolchi bilan bog'landik.

-Bahrom g'alaba bilan tabriklaymiz. Uchrashuv oxirlarida raqib himoyachisining qo'polligidan so'ng siz shifokorlar yordamida maydonni tark etdingiz? Jarohatingiz jiddiy emasmi?

-Xudoga shukr, jarohatim jiddiy emas ekan. Boshida kuchli og'riq sezildi. Ammo bu ortda qoldi. Men keyingi o'yindayoq maydonga tushishim mumkin.

-“Obod”ga qarshi jamoa oson o'yin o'tkazmadi. Debyutant jamoaga qarshi qiyin bo'lishini bilarmidinglar?


-Albatta. Qiyin bo'lishini sezgandik. Qolaversa, shu kuni yomg'ir yoqqani ham bizga ham, raqibga ham chiroyli o'yin namoyish etish imkonini bermadi.

-Balki to'rt kundan keyin OCHLda muhim o'yin bo'lgani uchun jamoa u qadar jon kuydirib harakat qilmagandir...


-Yo'q. Biz har bir o'yinda bor kuchimiz bilan harakat qilib, ko'proq gollar urishga va muxlislarni xursand qilishga urinamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика