So’nggi yangiliklar

18:14"Челси" фақатгина ушбу трансфер ойнасида 156,3 млн (!) фунт стерлинг сарфлади  0 17:52Месси "Интер Майами"нинг қолган футболчиларидан алоҳида шуғулланмоқда  0 17:30Расман: Аарон Ван-Биссака "Вест Хэм" билан 7 (!) йиллик шартнома имзолади  1 17:15"Реал" футболчилари УЕФА Суперкубоги ўтказиладиган Варшавага ҳашаматли кўринишда келишди  4 16:55ОКМК - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футзал бўйича Жаҳон чемпионати чипталари сотуви старт олди  0 16:23Элдор Шомуродов учун қийин танлов. Ҳамма гап 1,6 миллиард долларга қурилган стадионда  9 16:10Легионер мураббий, "Насаф" посбони ва "Металлург" ҳимоячиси — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  3 16:00ПРО-Лига. 16-тур расмийлари эълон қилинди  1 15:429 нафар гол урган футболчи — Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 15:19"Лестер" Бундеслига чемпионини ўз сафига қўшиб олишга яқин  2 14:56Сариқ олган Моуриньо, гол урган Алиқулов. Туркия Суперлигасида 1-тур қандай ўтди?  1 14:40⚡️ МЛС клуби Элдор Шомуродовни "Рома"дан сотиб олмоқчи  21 13:35"Боруссия Дортмунд" Байерни сотиб олди?!  3 13:13"Марсель" Ҳусановнинг жамоадоши учун 25 млн евро ва бонуслар ажратишга тайёр  1

Bahrayn bilan 11-to'qnashuv Yangiliklar

Bahrayn bilan 11-to'qnashuv

O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 29 mart kuni Toshkent shahrida Bahraynga qarshi o'yinda maydonga tushadi.

Terma jamoamiz shu kunga qadar Bahrayn bilan 11 marta to'qnash kelgan. Dastlabki uchrashuv 2001 yil Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo'lib o'tgan. "Merdeka kubogi" o'rtoqlik turniri doirasida Vladimir Salkov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi arablarni 2:0 hisobida taslim qilgan. O'shanda Bahodir Seyitkamolov 89 va 90-daqiqalarda raqib darvozasiga gol urgan. O'sha uchrashuvda maydonga tushgan Anvar Soliev hamon futbol o'ynamoqda.



Bahraynga qarshi kechgan navbatdagi o'yinlar jamoamiz uchun juda ham alamli bo'lgan. 2004 yil Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi chorak finalida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston Bahrayn bilan to'qnash kelgan. O'yinning asosiy va qo'shimcha vaqtlarida 2:2 hisobi qayd etilgan. Aleksandr Geynrix va Vladimir SHishelov bizdan gol urishgandi. Penaltilar seriyasida Evgeniy Safonov Muhammad Jumaning zarbasini qaytargandi. Biroq Marat Bikmaev va Leonid Koshelevning noaniq zarbalari tufayli jamoamiz musobaqani tark etgandi. O'sha o'yinda ishtirok etgan Server Jeparov va Marat Bikmaev ertaga Bahraynga qarshi o'ynashlari mumkin.



2005 yil 3 sentyabr...Toshimicu Yoshida...Yodingizga tushdimi? Ha o'sha avval o'tkazilib keyinchalik FIFA tomonidan bekor qilingan o'yin Bahraynga qarshi bo'lib o'tgandi. Uchrashuvda Mirjalol Qosimov hisobni ochgan, 39-daqiqada Server Jeparov penalti tepib hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirgandi...SHu lahzada Yoshida futbolchilarimiz jarima maydoniga zarbadan avval kirib ketishgani uchun penaltidan urilgan golni bekor qilib bahraynliklar erkin zarba berishlarini ko'rsatgandi. O'yin oxirigacha o'tkazilgan va 1:0 hisobi qayd etilgandi. Jamoamiz Manamaga uchib borganida FIFA o'yin natijasi bekor qilinganini va Toshkentdagi bahs bir oydan so'ng bo'lib o'tishi haqida qaror chiqargandi. FIFA ushbu o'yinning natijasini bekor qilgani uchun o'zaro o'yinlar statistikaga qo'shilmaydi.

Bir oydan so'ng Toshkentda jamoalar yana o'yin o'tkazishgan. Bu safar Talal Yusuf hisobni ochgan, Maksim SHackix bunga javob bergandi - 1:1. Bahraynda bo'lib o'tgan javob uchrashuvida hisob ochilmagan va arablar safardagi gol evaziga qitalararo pley-off bosqichiga yo'llanma olishgandi. Mana shu ikki o'yinda O'zbekistonni angliyalik Bob Xougton boshqargandi.



Bahrayn bilan JCH-2010 saralashida ham ikki bor to'qnash kelgandik. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoamiz Milan Machala ustozligidagi jamoani Toshkentda qabul qilib 0:1 hisobida yutqazib qo'ygandi. O'sha mashhur Mahmud Abdulrahmonning 90+4-daqiqada jarimadan urgan goli...va Nesterovning alamli ko'z yoshlari...

Manamadagi bahsda ham bitta gol urilgan. Qizig'i uni ham Mahmud Abdulrahmon Nesterov darvozasiga urgandi - 1:0. Aynan o'sha mag'lubiyatdan so'ng terma jamoamizning JARdagi mundialga bora olmasligi oydinlashgandi.


Navbatdagi uchta o'yin esa o'rtoqlik uchrashuvlari doirasida bo'lib o'tgan.

2011 yilgi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan Vadim Abramov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 2010 yil oktyabr oyida Manamada Bahrayn bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazgan. Jamoamiz o'shanda o'z tarixida ikkinchi bor bu jamoani taslim qilgandi. Olim Navkarov, Aleksandr Geynrix, Odil Ahmedov va Maksim SHackix tomonidan urilgan gollarga arablar faqat ikki bor javob bera olishgandi xolos - 2:4.

Bu jamoalar o'sha yilning dekabr oyi so'nggida ham Dubayda o'zaro o'yin o'tkazishgan. Bugun o'z tug'ilgan kunini nishonlayotgan Aleksandr Geynrixning goliga bahraynlik Salmon Isa so'nggi daqiqalarda javob bergandi - 1:1.

Bahraynga qarshi navbatdagi o'yin 2014 yil oktyabr oyiga to'g'ri keladi. Avstraliyadagi qita chempionatiga tayyorgarlik doirasida Bahrayn bilan o'ynaganmiz. Uchrashuvda hisob ochilmay qolgan - 0:0. Bu o'yinda jamoamizni Mirjalol Qosimov boshqargandi. 

Bu jamoaga qarshi o'tgan so'nggi uchrashuv 2015 yil 8 oktyabr sanasida Manama shahrida bo'lib o'tgandi. Igor Sergeev, Odil Ahmedov, Sardor Rashidov va Eldor SHomurodov tomonidan urilgan gollar Bahraynni shok holatiga tushirib qo'ygandi - 0:4.



Demak shu kunga qadar O'zbekiston va Bahrayn jami 10 marta o'ynagan (bitta o'yin natijasi bekor qilingan). Uch marta O'zbekiston, ikki marta Bahrayn g'alaba qozongan. Qolgan 5ta uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmay qolgan. To'plar nisbati 14:8, ustunlik O'zbekiston tomonida.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика