Bahrayn Adnan Hamadni ishdan bo'shatdi
18 noy 2014 09:32
Yangiliklar

Bahrayn Adnan Hamadni ishdan bo'shatdi
Osiyo Kubogi-2015ga oz fursat qolgan bir paytda Bahrayn terma jamoasi bosh murabbiyi Adnan Hamad o'z lavozimidan bo'shatildi.
Bu haqda euronews.com xabar tarqatdi.
Saudiya Arabistonida davom etayotgan Fors Ko'rfazi kubogini omadsiz tarzda boshlagani uchun Bahrayn FF tezkor yig'ilish o'tkazdi. Unda bosh murabbiy Adnan Hamadni istefoga chiqarish haqida qaror qabul qilindi. Terma jamoani ushbu musoabqa oxirigacha mahalliy murabbiy Marjan Eyd boshqaradi.
Fors Ko'rfazi kubogining ilk turida Yaman bilan durang o'ynagan (0:0) Bahrayn ikkinchi turda Saudiya Arabistoniga mag'lub bo'ldi (0:3).
Eslatib o'tamiz, 2004 yil qitaning eng yaxshi murabbiyi bo'lgan Hamad shu yilnig avgust oyida Bahrayn terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi.
Bahrayn 2015 yilgi Osiyo Kubogi final bosqichida "C" guruhida Eron, BAA va Qatar terma jamoalari bilan kurash olib boradi.

Fikrlar