So’nggi yangiliklar

21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  0 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  5 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  9 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  4 20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  3 20:00Расмий хабар: "Насаф" Жанубий Судан терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузди  10 19:55Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон учрашувида ғолиб номи аниқланмади  162 19:44"Ювентус" янги мавсум сафар либосини намойиш этди  1 19:31"Зенит" ярим ҳимоячисини сотиб юбормоқчи  1 19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  2 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  2 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  31 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1

Bahodir Pardaev: Kerak bo'lsa, pullarimni FIFA orqali olaman Yangiliklar

Bahodir Pardaev: Kerak bo'lsa, pullarimni FIFA orqali olaman

Teglar :  FutbolKoreyaPardaev
Janubiy Koreyaning K League Challenge divizionida mavsum yakunlandi.

Xabaringiz bor, ushbu ligada o'zbekistonlik ikki futbolchi - Bahodir Pardaev va Bahodir Nasimov bir mavsum mobaynida faoliyat olib borishdi.

Yakunda Pardaev to'p surgan «Bucheon 1995» jamoasi beshinchi, Nasimovning «Ansan Griners» klubi esa 10ta jamoa qatnashgan ligada 9-o'rin bilan kifoyalandi. «Bucheon 1995» 36ta uchrashuvda 52 ochko jamg'ardi.

Klubni 3-o'rindan bor-yo'g'i 3 ochko ajratib qoldi. Hujumchimiz mavsum boshida Koreya klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagandi. Kelishuv muddati yakunlangach, Bahodir Toshkentga qaytib keldi. Biz Pardaev bilan uchrashib, undan K League Challenge taassurotlari yuzasidan intervyu oldik.

- Bahodir, K League Challenge chempionati yakunlandi. Nazarimizda taassurotlar siz uchun unchalik ham qoniqarli bo'lmadi, to'g'rimi?

- Yo'q, nega endi?! Ushbu mamlakat chempionatidagi ishtirokim o'zim uchun juda ham yaxshi taassurotlar bilan esda qoldi. Faqat o'yin amaliyoti borasida biroz ko'nglim to'lmadi.

- Taassurotning ijobiy tomoni nimada bo'ldi?

- Birinchi navbatda, Janubiy Koreyada do'stlar orttirdim. Mahalliy aholi bilan yaqindan tanishdim. O'zim uchun ko'plab yangi taktik usullarni o'zlashtirdim. U erda mashg'ulotlar rang-barang uslubda olib borilar ekan. SHu tomonlama yutdim, deb o'ylayman.

- O'yin amaliyotining kamligi nima bilan bog'liq bo'ldi?

- Avvalambor, til masalasida qiynaldim. Inglizchada so'zlashadiganlar deyarli yo'q, desa ham bo'ladi. Ikkinchidan, mavsum o'rtasida klub rahbariyatida o'zgarish ro'y berdi.

Tabiiyki, yangi mutasaddilar ko'p narsalarga o'zgartirish kiritishdi. Uchinchidan, agentim va bosh murabbiy o'rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Mana shu sabablar muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishimga to'sqinlik qildi.

- Balki, jamoangizning hujum chizig'ida raqobat kuchli bo'lgandir? Ularga aynan shu tomondan yutqazgandirsiz?

- To'g'risi, hujum chizig'ida o'ynayotgan jamoadoshlarimning hech biri mahorat bobida mendan ustun emasdi. Qolaversa, raqobatdan hech qachon qo'rqmaganman.

Bu erda umuman boshqa masala bo'lgan. Yuqorida aytganimdek, hamma gap bosh murabbiyda. Qolaversa, klub rahbariyatining o'zgargani ham salbiy tasirini o'tkazmay qolmadi.

- Demak, J.Koreyaga yo'l olganingiz noto'g'ri qaror bo'lmagan?

- Xuddi shunday. Men uchun Janubiy Koreya chempionatida to'p surish qiziq edi va buni amalda sinab ko'rdim. Har qanday holatda ham qarorimdan afsuslanmayman.

- So'nggi suhbatimizda maoshni olish borasida muammo bo'lyapti, degandingiz. Bu masala o'z echimini topdimi?

- Yil oxirigacha ushbu masalani ijobiy hal qilishga vada berishgan. Maoshimning qolgan qismini to'lashlariga umid qilib turibman. O'ylaymanki, ular o'z so'zlarining ustidan chiqishadi.

- Bu borada klub rahbariyati bilan gaplashdingizmi? Ish FIFAgacha etib bormaydimi?

- SHunday bo'lishiga umid qilaman. SHaxsiy advokatim «Bucheon 1995» rahbariyati bilan kelishib olgan. Yil oxirigacha hisob-kitob ishlari to'liq amalga oshiriladi. Mabodo, to'lab berishmasa, u holda ish FIFAgacha etib boradi.

SHu o'rinda bir malumotni aytib o'tishim kerak, men Fifpro, yani Xalqaro professional futbolchilar associaciyasi azosiman. Bu tashkilot yordamida o'z haq-huquqimni talab qilishim mumkin.

- J.Koreya chempionatida to'p surgan yana bir hamyurtimiz Bahodir Nasimov bilan gaplashib turdinglarmi?

- Ha, albatta. U jiddiy jarohat olgani sababli ko'p qiynaldi. Afsuski, jamoasi turnir jadvalida quyi pog'onalardan birini egalladi. Ana shunday holatlarda legionerlarga qanchalik qiyin bo'lishini tushunib etdim.

- CHempionatda 5-o'rinni egalladinglar. Qizig'i, 3-pog'onadagi klubdan bor-yo'g'i 3 ochko ortda qoldinglar. Rahbariyat bu natijani qoniqarli, deb qabul qildimi?

- To'g'ri aytdingiz, atigi bitta g'alaba kuchli uchlikdan joy olishimiz uchun etmay qoldi. Yil boshida rahbariyat tomonidan to'rtlikka kirish vazifasi qo'yilgandi.

Maqsadni amalga oshirish uchun bir pog'ona kamlik qildi. Aytishlariga qaraganda, kelasi yili klubda jiddiy o'zgarishlar bo'ladi. Yangi murabbiy kelishi kutilyapti.

- Jamoa bilan shartnomangiz yakunlangach, Toshkentga qaytdingiz. Rejalar qanday?

- Haqiqatan ham, klub bilan tuzgan shartnomam tugadi. Sakkiz oylik tanaffusdan so'ng yurtimizga qaytdim. Oila azolarim va farzandlarimdan salkam bir yil uzoqda bo'ldim.

Tabiiyki, ularni juda sog'ingandim. SHu bois, bir necha hafta uyda, oila azolarim davrasida bo'lmoqchiman. Rejalarga kelsak, hozir oldimda bir nechta variantlar bor. Yani, ayrim jamoalardan chaqiruv olganman. Lekin hali bir to'xtamga kelganim yo'q.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика