Bahodir Nasimov: "Muhimi, g'alaba qozondik"
19 jan 2015 16:21
Yangiliklar


Bahodir Nasimov: "Muhimi, g'alaba qozondik"
Ilk marta Osiyo chempionatida asosiy tarkibda maydonga tushgan Eron pro-ligasi vakili Bahodir Nasimovdan ham o'yin xususidagi fikrlari bilan qiziqdik:
"O'yin juda og'ir bo'lishini bilardik. Aslida saudiyaliklarga durang ham etarli edi. SHuning uchun barchamiz bir jamoa bo'lib, jonkuyarlik bilan harakat qildik. To'g'ri, bugun menda o'ziga xos debyut bo'ldi, lekin o'yinim unchalik qovushmadi. Biroq, murabbiy ko'rsatmasiga binoan ko'proq orqaroqda o'ynadim. Umuman olganda, barchamiz ham himoyada, ham hujumda harakat qildik. Nima bo'lganda ham g'alaba qozonganimizdan xursandman. Mening o'yinim chiqmagani esa bu boshqa masala", - deydi Nasimov.

Fikrlar