So’nggi yangiliklar

09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  2 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  2 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  7 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  3 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  5 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11

Bahodir Nasimov: “Koreyaga o'zim bilan Samarqand noni va qazi olib keldim” Yangiliklar

Bahodir Nasimov: “Koreyaga o'zim bilan Samarqand noni va qazi olib keldim”

O'tgan yil “Bunyodkor” safida o'ynagan Bahodir Nasimov kuni kecha Janubiy Koreyaning “Ansan Griners” klubi bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi.

SHundan so'ng Nasimovning fikrlari bilan qiziqdik.

“Ansan Griners” tarkibida o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdim, raqib jamoaning nomi yodimda yo'q. Raqibni yirik, 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdik. SHulardan ikkata golga mualliflik qildim.

SHundan so'ng “Ansan Griners” klubidan ikki yillik shartnoma taklif qilishdi. Balki 3ta gol urganimda 3 yillik shartnoma taklif qilisharmidi (kuladi).

Bu erda barcha shart-sharoitlar yaxshi, ajoyib tarzda kutib olishdi. Jamoada yoshlar ko'p, “Bunyodkor” tarkibida ham yosh futbolchilar bilan birga to'p tepgandik. Ushbu klubda urugvaylik, chernogoriyalik, braziliyalik legioner futbolchilar bor.

SHartnomada uy-joy, mashina barcha sharoitlarni qilib berish yozilshgan. Hozir biz boshqa joyda yig'in o'tkazyapmiz, Ansan shahriga borganimizdan so'ng barcha sharoitlarni qilib berishadi. Bu tarafdan hech qanday muammo yo'q ekan.



Jamoaga kelishim bilan shartnomaga imzo qo'ymasimdan oldin uchta sumkada klubning sport kiyimini berishdi. Lekin taom masalasida biroz qiynalyapman, sekin-asta barchasiga ko'nikib ketaman.

Ushbu klubning avvalgi nomi “Ansan Police” edi, hozir esa “Ansan Griners”ga o'zgartirishgan. “Ansan Police” nomi bilan K ligasida ishtirok etish mumkin emas ekan. Bu yil 1-ligasida ishtirok etib kelgusi yili oliy ligaga chiqish vazifasi qo'yildi.

Biz yig'in o'tkazayotgan joyda o'zbeklar deyarli yo'q ekan. Ansanda esa yurtdoshlarimiz ko'p deyishdi. Ansandan Seul shahrigacha 25-30 daqiqalik yo'l. Boshqa jamoalardan boshqa taklif bo'ldimi yoki yo'qmi hozircha menga aytishmadi. Boshqa jamoalardan ham qiziqishlar bo'ldi, menga hech kim hech narsa demadi. “Ansan Griners” klubi vakillari meni 2-3 yil kuzatishgan ekan.

Hozircha menda hech qanday muammo yo'q. Bu erga o'zim bilan Samarqand noni va qazi olib kelganman. Oilam ayni damda Samarqandda yaqin kunlarda ularni ham olib kelaman. Bu erda baliq, tovuq go'shtlari ko'p ekan. SHularni eb kun kechiryapmiz”, - deydi “Ansan Griners” futbolchisi Bahodir Nasimov.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика