So’nggi yangiliklar

08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  1 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  1 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  6 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  6 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0

Bahodir Murtozaev: "Mashal" Superligada o'z o'rniga ega bo'ladi" Yangiliklar

Bahodir Murtozaev: "Mashal" Superligada o'z o'rniga ega bo'ladi"

Muborakning “Mashal” jamoasi ikki yildan so'ng Superligaga chiqishga muvaffaq bo'ldi.

Garchi tarkib jihatdan yosh hisoblansada, kuchli ishtiyoq va xohish evaziga elita yo'llanmasini qo'lga kiritdi deya olamiz. Bu gapimizni tajribali futbolchi Bahodir Murtozaev tasdiqlagan holda, ayrim savollarimizga javob berib o'tdi.

- Avvalo, “Mashal”ni Superligaga chiqqani bilan tabriklaymiz. Keling dastlab hozirga qadar bosib o'tilgan yo'l haqida... Mavsum boshida jamoa azolari bunga qay darajada ishongan edi?

- Rahmat yutuqlarimiz bardavom bo'lsin. Hozirgi kunga qadar katta yo'lni bosib o'tdik. Ijobiy natijalarga erishishimizning asosiy sabablari klubimizdagi ichki muhitning yaxshiligi deb bilaman. Jamoadagi o'yinchilarning o'z kuchiga bo'lgan ishonchi yuqori ekanligi ham muvaffaqiyatda muhim rol o'ynadi.

- PRO-Ligadagi aksariyat klublarda mahoratli va tajribali futbolchilar to'p tepdi. “Mashal” esa asosan yoshlarga tayanib ish tutdi. Natija esa hammaga malum. Bundan ko'rinib turibdiki, klub akademiyasi yana avvalgi ravon yo'lga qaytmoqda...

- “Mashal” akademiyasi tarbiyalanuvchilari qanday natijalarga erishganligi barchaga malum. Masalan, MTJ azolari Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov, Sanjar Quvvatov, Eldorbek Suyunov kabilar shular jumlasidandir. Hozirgi etishib chiqayotgan yoshlarimiz ham, akalaridek yutuqlarga ega chiqish uchun mashg'ulotlarda astoydil ter to'kishmoqda. Murabbiylarning ko'rsatmalarini tartib bilan bajarishmoqda.



- Rahbariyat jamoani moddiy tomonlama rag'batlantirdimi?

- Albatta. Klub mutassadilari futbolchilarni har tomonlama munosib rag'batlantirdi. Biz futbolchilar ham bildirilayotgan ishonchni oqlab, Superligada yaxshi natijalarga erishish uchun harakat qilamiz.

- Keyingi mavsumda jamoani kuchlilar safida o'z o'rnini topib olishi qiyin kechmasmikan? Boisi, ancha vaqtdan so'ng elitaga qaytgan “Dinamo” va “Andijon” yaxshigina muammolarga duch kelishdi...

- Bilamizki Superligada kuchsiz jamoa bo'lmaydi. O'z navbatida biz ham ulardan kam emasligimizni isbotlamoqchimiz.

- Mavsumni Aleksandr Xomyakov boshchiligida boshlab, Asror Aliqulov murabbiyligida tugatdinglar. Bu ikki mutahassis o'rtasidagi tafovutni ayta olasizmi?

- Ikkisini ham yaxshi murabbiy deb o'ylayman. Aleksandr Xomyakov “Mashal” bilan avval qanday yutuqlarni qo'lga kiritganini bilasiz. Uning keyingi faoliyatiga omad tilab qolaman. Asror Aliqulov futbolchilik paytlaridan boshlab hammaga tanilib ulgurgan. Ko'pchilik bolaligidan Aliqulovdek o'yinchi bo'lishni orzu qilardi.



Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика