So’nggi yangiliklar

01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  13

Bahodir Ahmedov: "Xatoga yo'l qo'ygan bo'lishsa-da, yigitlardan ko'nglim to'ldi" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Xatoga yo'l qo'ygan bo'lishsa-da, yigitlardan ko'nglim to'ldi"

Futzal bo'yicha O'zbekiston hamda Tojikiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik bellashuvidan keyin termamiz ustozi Bahodir Ahmedov fikrlarini bildirdi.

"Bugun ilk o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdik. Dastlabki to'rtlikda yosh o'yinchilarimizga imkoniyat berdik. Ularning o'yini menga yoqdi. Keyingi to'rtlikda juda ko'p tarkibni sinab ko'rdim. CHunki yosh yigitlarni ko'rib olishim kerak. Bilinib turibdi, hali ancha o'z ustida ishlashlari lozim. Xudo xohlasa, ularning darajasi o'sadi. Ular ilk bor xalqaro darajadagi o'yinda qatnashishdi. Ancha vaziyatlardan foydalanishda oqsashdi. Umuman olganda, yigitlardan ko'nglim to'q", – dedi Ahmedov.

- O'yin davomida juda ko'p to'p yo'qotdik va darvoza oldida to'pni yo'qotishimiz ortidan 2 ta gol o'tkazib yubordik. Bu ko'proq yosh o'yinchilar o'ynagani bilan bog'liqmi yoki boshqa sabablar bormi?

- Boshqa sabablar ham bor. CHunki tarkib o'zgartirganimiz tufayli unga moslashish qiyin kechadi. SHuning uchun bunday holatlar uchraydi. Birinchi va ikkinchi to'rtlik bir-birini tushunadi, ammo yoshlar va yangilar xato qilishadi. Bu biz uchun kerak narsa, chunki aynan shu xatolarni ko'rib, buni ustida ishlaymiz.

- Murabbiy sifatida bugungi bahsdan nimalarni oldingiz?

- Yoshlarimiz nimaga qodirligini ko'rib oldim. Xatoga yo'l qo'ygan bo'lishsa-da, yigitlardan ko'nglim to'ldi.

Futzal. O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvida kuchlar teng keldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика