So’nggi yangiliklar

00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  7 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  14 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1

Bahodir Ahmedov: “Eng muhimi Rustam Umarov ishonchli o'yin namoyish etmoqda” Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: “Eng muhimi Rustam Umarov ishonchli o'yin namoyish etmoqda”

Teglar :  Bahodir Ahmedov
Bugun O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo chempionati pley – off bosqichida Iroq terma jamoasini yirik (3:0) hisobida g'alaba qozonib Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati chiptasini qo'lga kiritdi.

Biz terma jamoamiz yordamchi murabbiyi, sobiq futzalchi Bahodir Ahmedovdan o'yindan so'ng intervyu oldik.

-  Avvalam bor bugungi g'alaba va JCH yo'llanmasi bilan tabriklayman. Iroq terma jamoasiga qarshi o'yin haqida fikrlaringiz.

-  Bugungi g'alaba va Jahon chempionati yo'llanmasi bilan barchangizni terma jamoamizni qo'llab – quvvatlab turgan muxlislarimizni tabriklayman. Juda ham og'ir o'yin bo'ldi, buning uchun futzalchilarimizga katta rahmat. Bugun yigitlarimiz so'nggi daqiqagacha bor kuchlari bilan raqibga qarshilik ko'rsatib yirik hisobda g'alaba qozonishdi.

-  Bugungi raqib terma jamoasi haqida qanday fikr bildirasiz?
-  Iroq terma jamoasi bizga qarshi juda kuchli o'yin namoyish etishdi. Men ularga keyingi o'yinlarda omad tilab qolaman. Oldinda turgan uchrashuvlarda so'nggi beshinchi yo'llanmani qo'lga kiritishsin.

-  Yarim finalda bizga Tailand terma jamoasi raqiblik qiladi. Ushbu o'yin oldidan qanday fikr bildirasiz?
-  Ushbu o'yinga bugundan boshlab tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. Ertaga mashg'ulotimiz bor, Tailand terma jamoasini kuchli va zaif joylarini ko'rib ularga yarasha tayyorgarlik ko'ramiz.

-  Turnir boshlanganidan beri Rustam Umarov ajoyib o'yin ko'rsatib termamizga muhim bo'lgan g'alabalarga o'z hissasini qo'shdi. Posbonimiz Umarov Osiyo chempionatining “eng yaxshi darvozabon” nominaciyasida g'olib bo'lishi mumkinmi?

-  Men bunga bir narsa deya olmayman. OFK va terma jamoalar murabbiylari o'rtasida so'rovnoma o'tkaziladi, ushbu so'rovnomada kim g'olib chiqsa o'sha terma jamoa posboni eng yaxshi bo'ladi. Biz uchun eng muhimi Rustam Umarov ayni damda ishonchli o'yin namoyish etmoqda.
 

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика