Bafetimbi Gomis faoliyatini yakunlaganini elon qildi
11 noy 2024 18:38
Yangiliklar
Bafetimbi Gomis faoliyatini yakunlaganini elon qildi
Liga 1ning etakchi futbolchilaridan biri, "Sent-Eten", "Lion", "Suonsi" va "Marsel" klublarida to'p tepgan Bafetimbi Gomis butsasini mixga ilishga qaror qildi.
Franciya terma jamoasining sobiq futbolchisi (12 o'yin, 3 gol) 10 noyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tgan "Lion" – "Sent-Eten" uchrashuvi boshlanishidan bir necha daqiqa oldin bu haqda gapirdi.
39 yoshli hujumchi Turkiya ("Galatasaroy"), Saudiya Arabistoni ("Al Hilol")da ham o'ynashga muvaffaq bo'lgan va faoliyatidagi so'nggi klubi Yaponiyaning "Kavasaki" jamoasi edi. Franciyalik futbolchi faoliyati mobiynida 783 uchrashuvda 347 ta gol va 75 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o'tamiz, Bafetimbi Gomis Franciya Kubogi va Superkubogi ("Lion")ni o'z ichiga olgan holda 14 ta sovrinni qo'lga kiritgan, shuningdek, "Galatasaroy" tarkibida ikki marta Turkiya Superligasida g'olib chiqqan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
"Хоразм" Суперлигада қолди, "Бухоро" Нукусга боради
Николя Пепе: "Роналду Месси ҳақида жуда кўп гапиради. "Наруто"да ким тинмай валдирайди? Саске. Ким жим юради? Наруто"
Fikrlar