So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Badshtuber futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi Yangiliklar

Badshtuber futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi

Xolger Badshtuber 33 yoshida 13 yillik professional futbolchilik faoliyatini tugatganini elon qildi.

Terma jamoasi tarkibida 2010 yilda Janubiy Afrika Respublikasida o'tkazilgan mundialda 3-o'rinni egallagan, Germaniya Bundesligasida 6 bor zafar quchgan. Futbolchi bu haqda o'zining Twitter sahifasida malum qildi: 

"Barchasi uchun minnatdorman. Ortga nazar tashlasam, muvaffaqiyatli davrni ko'raman". 

Markaziy himoyachi poziciyasida to'p tepgan futbolchiga bir paytlar favqulodda istedodli, deb baho berishgandi. Biroq uning jarohatga moyilligi ham bor edi. Uning o'zi bu borada: 

"Albatta, kamroq jiddiy jarohat olishni istagan bo'lardim. Erishgan yutuqlarimizdan mamnunman", – dedi.

Badshtuber 2009 yilda Myunxenda professional faoliyatini boshladi va uning asosiy qismida "Bavariya" klubi uchun harakat qildi. Hatto 2013 yilda sobiq jamoasi bilan Evropa CHempionlar Ligasi g'olibligini qo'lga kiritdi. U, shuningdek, "SHalke 04" va "SHtutgart" jamoalarida ham o'ynadi. Himoyachining so'nggi klubi SHveycariyaning "Lyucern" klubi bo'ldi. 

Xolger kelajakdagi rejalariga ham oydinlik kiritib o'tgan: 

"Men otamning izini bosgan holda murabbiylik faoliyatimni boshlamoqchiman. Umid qilamanki, futbolda yana uzoq muddat qolaman, faqat boshqa rolda".

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика