So’nggi yangiliklar

08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  0 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  0 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  5 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  5 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0

B.Abdurahimov VS I.Aliboev. O'yinchilar statistikasi Yangiliklar

B.Abdurahimov VS I.Aliboev. O'yinchilar statistikasi

Kecha bo'lib o'tgan qiziqarli uchrashuvda biz ikkala jamoadan bittadan yarim himoyachini tanlab olib, ularning maydondagi harakatlarini statistika tarzida hisobini olib bordik.
Bu o'yinchilarni bejizga tanlanmadik. “Nasaf” safiga joriy mavsumda, “Andijon” jamoasidan kelib qo'shilgan Bahrom Abdurahimov birdan jamoa o'yiniga qo'shilib keta oldi. Uning maydondagi harakatlari, ko'rsatayotgan o'yinlari muxlislarga manzur bo'lmoqda. Ayniqsa uning raqib o'yinchisidan to'pni olib qo'yishdagi mahorati olqishga sazovordir. SHundan bo'lsa kerak, Ro'ziqul Berdiev unga deyarli har o'yinda ishonch bildirmoqda.

“Lokomotiv” safidagi  Ikrom  Aliboevning ismi keyingi paytlarda yurtimiz futbol ishqibozlari tilida takror va takror yangray boshladi. Ushbu yosh yarim himoyachi hozirdan yil kashfiyoti bo'lishga asosiy davogarga aylanib ulgurdi. Vadim Karlenovich unga nafaqat ichki chempionatimiz o'yinlarida balki OCHL o'yinlarida ham ishonch bildirmoqda.  Ikrom esa o'z o'rnida murabbiy ishonchini oqlash uchun maydonda ko'p mehnat qilmoqda, bunga quyidagi malumotlar ham misol bo'la oladi.

Izoh:  qavs ichidagi raqamlar noaniqliklar sonini bildiradi.

Bahrom Abdurahimov (Nasaf) Ko'rsatkichlar Ikrom Aliboev (Lokomotiv)
11(5) To'pni raqibdan olib qo'yish 8(5)
5(1) Oldinga to'p uzatish 23(1)
5(0) Orqaga to'p uzatish 9(0)
8(1) Yonga to'p uzatish 21(1)
0 Darvozaga zarba 0
1 Qo'pollik 1
0 Ogohlntirish 0
0 CHetlatish 0
0 Burchak to'plari 1(1)


O'yinchilar statistikasi uchrashuv 61-daqiqasigacha olib borildi. CHunki, 61-daqiqada Bahrom Abdurahimov o'z o'rnini SHohruh Gadoevga bo'shatib berdi.

Ulug'bek Yahyoev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика