So’nggi yangiliklar

16:01Дилшод Жўраев: "Ҳозирги кунда "Бунёдкор" ва "Локомотив" турнир жадвалида ўзига ярашадиган ўринда эмас"  2 15:28Дани Ольмо "Барселона" таклифини қабул қилди  2 15:00Расман: "Боруссия" Германия термаси ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 14:41Ўзбекистон футзал терма жамоаси Францияга қарши ўйнайди  1 14:24Кейлор Наваснинг "Монца"га трансфери барбод бўлди  1 13:28Расман: Лени Йоро 3 ойга сафдан чиқди  7 12:46Карло Анчелотти: "Таркибимиздан кўнглим тўқ. Крооснинг ўрнини билинтирмаслик учун салоҳиятимиз етарли"  1 12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  6 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  5 11:50"Ювентус" Николас Гонсалесни сотиб олмоқчи  1 11:25Саудия Арабистони 48 терма жамоа иштирок этадиган ЖЧ-2034ни 5 та шаҳарда ўтказмоқчи  6 11:01«Арсенал» яна бир йирик трансфер бўйича иш бошлади  4 10:44ПСЖ мавсумдаги илк йирик харидини амалга оширди — Фабрицио Романо  2 10:28Ўзбекистонлик ҳакамлар чорак финалнинг марказий учрашувини бошқариб боришади  7 10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  3

Babayan yoqmasa ham, termayon bo'laylik! Yangiliklar

Babayan yoqmasa ham, termayon bo'laylik!

Futbol jurnalistlari orasida o'tgan yildan beri yurgan gap-so'zlar haqiqat bo'lib chiqdi: Samvel Babayan O'zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
O'FFning bu qarori kamchilikni hursand qilib, ko'pchilikni ranjitdi. Ranjiganlarning asosiy etirozlari: “Babayan nimani qoyillatib qo'yibdi? U zo'r murabbiy bo'lsa, OCHLda biror karomat ko'rsatar edi”, “Endi terma faqat “Paxtakor” futbolchilaridan tashkil topadi”, “Menejer terma jamoani futbolchilarning oldi-sotdisi o'tkaziladigan savdo yarmarkasiga aylantiradi” qabilida yangray boshladi.

Bu etirozlarning, to'g'rirog'i, xavotirlarning qanchalik asosli yoki asossiz ekanini vaqt ko'rsatadi. Hali ana shu vaqt kelmadi. Demak, podadan oldin chang chiqarishni bas qilib, terma jamoa uchun foydali ish bilan shug'ullanganimiz maqul.

Masalan, Samvel Babayanning termamiz uchun plyus tomonlarini qidirib ko'raylik, “Babayan termada qanday ijobiy o'zgarishlarni qila oladi?” degan savolga javob izlaylik. Axir, Samvel Babayan murabbiy sifatida faqat salbiy xislatlarga ega emasdir?! Uning plyuslari ham bordir?!

Ana shu savollarga javob izlab, quyidagi xuloslarga keldim.

1) Mirjalol Qosimov paytida terma uchun o'ynagisi kelmay yurgan bazi futbolchilar Samvel Babayan rahbarligida jon kuydirib o'ynay boshlashi aniq. CHunki ularning bazilari Babayanni nafaqat o'z ustozi, balki tutingan otasi sifatida ham hurmat qilishadi. Ulardagi jahdu fidoni, ko'zlaridagi ishtiyoqu olovni endi ko'rasiz! Bu holat terma o'yinlariga va natijalariga, albatta, ijobiy tasir qiladi. Axir, bizga shunisi muhim, shunisi kerak emasmi aslida?!

2) Tajribali menejer va murabbiy sifatida Samvel Babayan terma jamoaning bazi (o'zbek klublaridan chaqirilgan) azolarida moliyaviy-moddiy motivaciya uyg'ota oladi. Bilasiz, terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar ko'pincha o'zini ko'rsatib, xorijiy klublar etiboriga tushishga harakat qilishadi. Babayan bu borada: “Yaxshi o'yin ko'rsatib yutsak, chet ellliklarning nazariga tushamiz. Ulardan sizlarga haridorlar chiqsa, klublaringiz va O'FFdan olinadigan “otkreplenie”laringizni (ijozat maktublarini) o'zim olib beraman”, - deb, futbolchilarga nafaqat kafolat, balki ruhiy dalda ham bera olishiga ishonaman.

3) Zamonaviy futbolda moliyaviy-moddiy omilning muhimligini yaxshi biladigan va rahbariyatdan jamoa uchun pul so'rashdan orlanmaydigan Samvel Babayan terma jamoadagi maosh hamda mukofotlar darajasini yangi pog'onalarga ko'tara olishi mukin. Bu esa termamizning legioner azolarida bo'lmasa ham, mahalliy klublardan chaqirilgan futbolchilarda kuchli iqtisodiy qiziqish (motivaciya) uyg'otishi mumkin.

4) “Paxtakor”dek katta futbol infratuzilmasiga mohirlik bilan rahbarlik qilgan Samvel Babayan milliy terma jamoaga aloqador barcha tuzilmalarni, ayniqsa, yarim falaj TJMni ham o'z imkoniyatlari darajasida ishlashga majburlashi mumkin. Masalan, yig'inlar hamda o'rtoqlik uchrashuvlarini o'z vaqtida tashkillashtirib berishni chala xo'jayin sifatida iltimos emas, haqiqiy xo'jayin sifatida TALAB qilishi mumkin.

5) Uzoq yillar davomida “Paxtakor” manfaatlari uchun selekciya ishlariga bosh bo'lgan, O'zbekistonda ko'zga ko'rina boshlagan futbolchilarni klubga jalb qilish bilan shug'ullangan Samvel Babayan ana shu tajribasini endilikda O'zbekiston milliy terma jamoasi manfaatlari uchun qo'llashi mumkin. Yani terma jamoamizga hozirgidan ko'proq klublarimizning vakillari chaqirilishi mumkin. Bu holat ham termamizga ijobiy tasir qilishi aniq.

Ha, Samvel Babayan terma uchun taktika tanlash borasida kamchiliklarga ega bo'lishi mumkin. Lekin yuqoridagi bandlarda keltirilgan holatlar bo'yicha termamizda, albatta, ijobiy o'zgarishlar qila oladi, deb o'ylayman.

Samvel Babayanning ijobiy tomonlari haqida to'xtalar ekanman, u yo'l qo'yishi mumkin bo'lgan xatolar haqida ham og'iz ochishga majburman. Yangi lavozimda Babayanni quyidagi xatarlar kutayotgan bo'lishi mumkin.

1) Terma azolarining o'zaro tushunib o'ynashlarini taminlash maqsadida termaga faqat “Paxtakor” o'yinchilarini yoki “Paxtakor”dan chiqqan futbolchilarni chaqirishni yo'lga qo'yish xatari. Masalan, yaxshi daavrlari (sport formasi) ortda qolgan Aleksandr Geynrixni yoki hali ham yaxshi sport formasiga chiqa olmayotgan Temurxo'ja Abduholiqovni termaga faqat “Ular maydondla bir-birini yaxshi tushunishadi”, degan bahona bilan jalb qilish mumkin. Bunday futbolchilarni termaga chaqirishga boshqa asos yo'q.

O'zbekiston termasi bir paytlar faqat “Paxtakor” bazasida tashkil qilinganini unutganimiz yo'q. Ana shu terma qanday natijalarga erishgani ham esimizda. “Paxtakor” monopoliyasi futbolimizga faqat zarar keltirganini unutmagan holda shu monopoliyaning mini-varianti termamizda yana bo'y ko'rsatsa, termamizga ham zarar keltirishiga shak-shubha yo'q.

2) Babayan oldidagi ikkinchi xatar – bir paytlar “Paxtakor”ga o'tishdan bosh tortgan yoki klub rahbariyati bilan boshqa sabablar tufayli arazlashib qolgan futbolchilarni termaga chaqirmay qo'yish, yani o'zaro araz va adovat xatosidir. Bu borada Samvel Vyacheslavovich eski ginalarni unutishi kerak bo'ladi.CHunki bundan bu yog'iga Babayandan “Paxtakor” manfaatlari uchun emas, terma manfaatlari uchun ishlash talab etiladi.

3) Samvel Babayan oldidagi uchinchi xatar – Mirjalol Qosimov yurgan yo'ldan borib, termada o'ynagisi kelmaydigan yulduz futbolchilarning bahridan o'ta olmasdan, ularga termadan joy kafolatlash, ularni termaga muttasil jalb qilish va asosiy tarkibda maydonga tushirish. Qosimovning eng asosiy xatosi ham aynan shu – terma uchun o'ynagisi kelmaydigan yulduzlarni termaga chaqirish va termada o'ynatish - edi. Ishtiyoqsiz yulduzlarning nursiz o'yinlari Qosimovni qay ahvolga solganini hamma ko'rdi. Endi Babayan bu yo'ldan yurmasligi kerak. Menimcha, “Paxtakor”ning yuragi hisoblanadigan Jamshid Iskandarovni zahiraga “mixlashga” irodasi etgan Babayan, zarurat tug'ilsa, termadagi yulduzlarni ham shu ahvolga solishga kuchi etadi.

4) Va, nihoyat, Babayan oldidagi to'rtinchi xatar – muxlis va jurnalistlar bilan adovatga borib, o'zining hamda termaning imidjiga putur etkazishdir. Bu borada unga juda qiyin bo'ladi, albatta. CHunki Babayan hozirdan, hali ishga kirishmasdanoq tanqid va haqoratlar ostida qolib ketmoqda. Bu vaziyatda termaning yangi bosh murabbiyi o'z dushmanlarini do'stga aylantirmasdan iloji yo'q. Aks holda, u ham o'zidan avvalgi hamkasbining holiga tushib, yutsa ham, yutqazsa ham haqorat eshitishga mahkum bo'ladi.

Maqolamni Babayan nomzodiga etiroz aralash xavotir bildirayotganlarni sal bo'lsa ham tinchlantirish maqsadida yozdim. Sarlavhadagi hitob ana shu toifadagi muxlis va jurnalistlariga qaratilgan.

CHunki mana shu toifadagi muxlis va jurnalistlar termaga Mirjalol Qosimov ustozlik qilgan paytdagi antiqosimovchilar yurgan yo'ldan yurib, yangi murabbiyni yutqazsa ham, yutsa ham qoralash-haqoratlash ishlariga sho'ng'ib ketishlari mumkin.

Bundan tashqari, yangi murabbiyning qoqilishini chin dildan istaydiganlar asta-sekin, o'zlari bilmagan holda terma jamoaning yutqazishini istaydigan kishilarga, murabbiyning dushmanidan termaning dushmaniga aylanib qolishlari hech gap emas.

Bugungi antibabayanchilar kechagi antiqosimovchilarning yo'lidan yurishmasin, deyman! Bu yo'l hammadan ham ko'proq terma jamoaga zarar berishini esdan chiqarmaylik.

SHunday ekan, keling, Babayan yoqmasa ham, termayon bo'laylik!

Bobomurod ABDULLA

28.06.2015 yil
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика