So’nggi yangiliklar

16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  2 15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  1 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Сўнгги кунларда кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  16 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  6 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  3 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1

BAAlik jurnalist: "O'zbekiston syurpriz taqdim etishi mumkin" Yangiliklar

BAAlik jurnalist: "O'zbekiston syurpriz taqdim etishi mumkin"

Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogidagi dastlabki o'yinini o'tkazadi.
Kecha futbolchilarimiz shahar chetiga yaqinroq joyda mashg'ulot olib borishdi. Mashg'ulotni BAAdan kelgan jurnalist Salohiddin CHixagi ham kuzatdi. U Dubayda chop etiladigan "Al Bayan Daily" gazetasida faoliyat olib borayotgan ekan.

Mashg'ulot paytida yonma-yon o'tirdik, biroz suhbatlashdik. "Menga O'zbekiston terma jamoasi yoqadi, - deya gap boshladi hamkasbim. - Gap shundaki, sizlarning jamoangiz mana shunaqa o'yin ko'rsatadi deb oldindan aytish qiyin. Agar O'zbekistonning o'yini bir qovushsa, Osiyoda istalgan raqibni mag'lub eta oladi. Masalan, kuzda BAA termasi bilan o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinini olaylik, o'sha bellashuvda hech kim O'zbekistonning 4:0 hisobida g'alaba qozonishini kutmagandi".

"BAA o'z o'yinini Kanberrada o'tkazadi, siz bo'lsa Sidneyda yuribsiz. Buning boisi nimada?" - deya so'radim. Salohiddin CHixagi esa shunday javob berdi: "Men ishlaydigan gazeta har kunlik nashr hisoblanadi. Yani, "Al Bayan Daily" har kuni, hatto shanba-yakshanba kunlari ham chop etiladi. SHu bois bizda dam olish, tanaffus degan narsa yo'q. 120 sahifali gazetaning 20 sahifasi sportga bag'ishlangan bo'lib, albatta, asosiy sahifalarni futbol egallaydi. Biz ko'proq Osiyo futbolini kengroq tarzda yoritishga harakat qilamiz. Bilasiz, Avstraliyadagi Osiyo Kubogi bellashuvlari beshta shaharda o'tkaziladi. SHu bois gazetamizdan besh nafar xodim kelgan. Meni Sidneyga jo'natishdi, bu erda qanday o'yin bo'lsa, hammasiga borishim kerak".

Jurnalist do'stimiz mendan Aziz Haydarov haqida so'radi. Uning juda yaxshi futbolchi ekanligini, Dubayda hamma hurmat qilishini aytdi. Men esa O'zbekiston terma jamoasining imkoniyatlari borasida uning fikri bilan qiziqdim.

"Aytib o'tganimdek, O'zbekistondan har narsa kutsa bo'ladi. Bu jamoa turnirda syurpriz ko'rsatishi mumkin. Men futbolchilardan Aziz Haydarov, Server Jeparov va Odil Ahmedovni bilaman. Lekin hozirgi tarkibda aksariyat o'yinchilar yoshlar ekan, to'g'risi, ularni tanimayapman. Balki ushbu musobaqa orqali boshqalarni ham tanib olsak ajab emas. SHuningdek, bosh murabbiy Mirjalol Qosimovni ham yaxshi mutaxassis deb o'ylayman. Fikrimcha, SHimoliy Koreya unchalik kuchli jamoa emas, ularni bemalol yuta olasizlar. Ammo Xitoy va Saudiya Arabistoni bilan bo'ladigan o'yinlar haqida bir narsa deyishim qiyin".

Xayrulla Xoliqov
Sidney, Avstraliya.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика