BAA - O'zbekiston. 17-to'qnashuv arafasida
11 okt 2020 13:02
Yangiliklar
BAA - O'zbekiston. 17-to'qnashuv arafasida
Bu jamoalar hozirga qadar 16 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Ertangi bahs 17-o'zaro uchrashuvga aylanadi.
Takidlash lozimki, O'zbekiston terma jamoasi bugunga qadar Janubiy Koreya va BAAga qarshi 16tadan o'yin o'tkazgan. Bu bizga eng ko'p raqiblik qilgan jamoalar hisoblanadi. Ertaga BAA bu borada rekordchiga aylanib oladi.
BAA O'zbekistonni 9 marta mag'lub etgan. To'rtta uchrashuvda durang qayd etilgan. Vakillarimiz bu jamoani atigi 3 marta taslim qila olishgan xolos.

Terma jamoamiz BAA bilan 16ta o'yinda 17ta gol urishga erishgan. Eng ko'p gol Server Jeparov hisobida - 3ta. Nikolay SHirshov 2ta gol urgan. Ayni paytda terma jamoamiz tarkibida bo'lib turganlar orasida faqat Igor Sergeev oldin BAA darvozasini ishg'ol qila olgan holos.
O'zbekiston terma jamoasi BAAga qarshi Dubay shahrida bunga qadar 3 marta o'yin o'tkazib umuman g'alaba qozona olmagan ekan - 2ta durang, 1ta mag'lubiyat.
Eslatib o'tamiz, BAA - O'zbekiston uchrashuvi 12 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:20da boshlanadi.

O'yin | Hisob | SHahar | O'yin maqomi | Sana | Bizning gollar |
BAA - O'zbekiston | 4:2 | Abu Dabi | O'rtoqlik | 19.11.1996 | SHuhrat Maqsudov, No'mon Hasanov |
BAA - O'zbekiston | 2:0 | Abu Dabi | O'rtoqlik | 22.11.1996 | - |
O'zbekiston - BAA | 2:3 | Toshkent | JCH-1998 saralashi | 27.09.1997 | Nikolay SHirshov, Ravshan Bozorov |
BAA - O'zbekiston | 0:0 | Abu Dabi | JCH-1998 saralashi | 02.11.1997 | - |
BAA - O'zbekiston | 0:1 | Al Ayn | OK-2000 saralashi | 27.11.1999 | Maksim SHackix |
BAA - O'zbekiston | 4:1 | Abu Dabi | JCH-2002 saralashi | 17.08.2001 | Nikolay SHirshov |
O'zbekiston - BAA | 0:1 | Toshkent | JCH-2002 saralashi | 22.09.2001 | - |
BAA - O'zbekiston | 2:2 | Dubay | O'rtoqlik | 11.10.2003 | Viktor Karpenko, Server Jeparov |
BAA - O'zbekiston | 0:1 | SHarja | OK-2011 saralashi | 28.01.2009 | Farhod Tojiev |
O'zbekiston - BAA | 0:1 | Toshkent | OK-2011 saralashi | 03.03.2010 | - |
BAA - O'zbekiston | 1:0 | Dubay | O'rtoqlik | 29.01.2012 | - |
BAA - O'zbekiston | 2:2 | Dubay | O'rtoqlik | 12.10.2012 | Sanjar Tursunov, Server Jeparov |
BAA - O'zbekiston | 2:1 | Abu Dabi | OK-2015 saralashi | 22.03.2013 | SHohruh Gadoev |
O'zbekiston - BAA | 1:1 | Toshkent | OK-2015 saralashi | 05.03.2014 | Igor Sergeev |
BAA - O'zbekiston | 0:4 | Abu Dabi | O'rtoqlik | 14.10.2014 | Timur Kapadze, Server Jeparov, Navro'zbek Alimov, avtogol |
BAA - O'zbekiston | 1:0 | Al Ayn | O'rtoqlik | 14.11.2017 | - |
Narzulla tayyorladi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar