BAA. "Al SHabab" mag'lub bo'ldi
09 jan 2016 21:09
Yangiliklar


BAA. "Al SHabab" mag'lub bo'ldi
Birlashgan Arab Amirliklarida o'ynaydigan hamyurtimiz Aziz Haydarov to'p tepadigan "Al SHabab" jamoasi 14-turni safarda "SHarja"ga qarshi o'tkazdi.
O'yinda "Bunyodkor"ning OCHL-2016 pley-offidagi raqibi 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. "SHabab" safida yagona golni Karlos Vilyanueva urdi.
Aziz Haydarov bu uchrashuvda ham 90 daqiqa o'ynadi. "Al SHabab" 14ta o'yindan 20 ochko to'plab musobaqa jadvalining 6-pog'onasida bormoqda. Jamoa keyingi o'yinni 19 yanvar kuni o'z uyida Amirliklar kubogi doirasida "Al Ahli"ga qarshi o'tkazadi.
"SHarja" - "Al SHabab" 2:1
Gollar: Saif Rashid Nosir 71, Vanderley 90+2 - Karlos Vilyanueva 58
O’xshash yangiliklar

Fikrlar