BAA. “Al SHabab” - "Al Jazira" uchrashuvida 10ta gol urildi
04 dek 2016 12:59
Yangiliklar
BAA. “Al SHabab” - "Al Jazira" uchrashuvida 10ta gol urildi
BAA chempionatida 10-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Ushbu turda terma jamoamiz yarim himoyachisi Azizbek Haydarov to'p tepayotgan “Al SHabab” klubi o'z uyida “Al Jazira”ni qabul qildi.
Uchrashuvda mezbonlar safida Tomas De Visenti 3ta, mehmonlar hujumchisi Ali Mabhut esa 4ta gol urishga erishdi. Yakuniy natija esa xokkey o'yinini eslatib yubordi - 3:7. Haydarov uchrashuvda to'liq o'ynadi.
“Al SHabab” jamoasi 18 ochko bilan musobaqa jadvalining 4-pog'onasida bormoqda.
"Al SHabab" - "Al Jazira" 3:7
Gollar: Tomas De Visenti 27, 70, 90+2 - Ali Mabhut 8, 25, 54, 80, Xalfan Muborak Al SHamsi 23, Muborak Busuffa 72, Faris Juma 88
CHetlatish: Muhammad Ali Ayed 45 ("Al SHabab")
Fikrlar