Azmun Rossiya chempionatidagi eng tezkor golni urdi
28 iyu 2019 17:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/509092_original.jpg)
![](/upload/storage/509092_220.jpg)
Azmun Rossiya chempionatidagi eng tezkor golni urdi
"Zenit" ayni damda "Orenburg" maydoniga safar qilmoqda.
Peterburgliklar forvardi Sardor Azmun ushbu uchrashuvning 11-soniyasida gol kiritdi va hisobni ochdi. Ushbu gol Rossiya chempionati ushbu mavsumidagi eng tezkor gol hisoblanadi. SHuningdek, Azmunning ushbu goli "Zenit" uchun Rossiya chempionatidagi eng tezkor goli hisoblanadi.
Bu boradagi rekord 1983 yilda Yuriy Gerasimov tomonidan qayd etilgan. Bokuning "Neftchi" jamoasiga qarshi o'tgan bahsda futbolchi 10-soniyadayoq raqib darvozasini ishg'ol qilgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar