So’nggi yangiliklar

02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  145 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  13 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  18 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  14 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

Azmun, Inesta... Mundialdan keyin terma jamoa bilan xayrlashganlar Yangiliklar

Azmun, Inesta... Mundialdan keyin terma jamoa bilan xayrlashganlar

Teglar :  JCH-2018Mundial
Jahon CHempionati - xalqaro turnir hisoblanadi. Ko'plab o'yinchilar aynan shu chempionat doirasida faoliyatini yakunlagan.

Bugun JCH-2018da terma jamoadagi ishiga nuqta qo'ygan mashhur o'yinchilar haqida suhbatlashamiz.

Andres Inesta (Ispaniya terma jamoasi)
Bu yilgi chempionat Inestaning terma jamoadagi eng so'nggi ishtiroki ekani ko'pchilikka malum edi. Aynan shu holat, Andres har bir o'yinga masuliyat bilan yondashishi kerak bo'lganini anglatadi. Inesta JCHda qatnashgan oxirgi bahsi Rossiya termasiga qarshi uchrashuv bo'ldi. O'tgan mavsumda Andres «Barselona» bilan xayrlashib, Yaponiyaning «Vissel Kobe» klubi tomon yo'l olgandi. Endi esa, milliy termadagi faoliyati ham o'z nihoyasiga etdi. Ispaniyaning muhim o'yinchilaridan biri xalqaro maydondan ketdi. U 2006 yildan beri Ispaniya shanini himoya qilib, ikki marotaba Evropa CHempionatida va bir marta Jahon CHempionatida g'alaba qozongan.

Xaver Maskerano (Argentina terma jamoasi)
Bazilar Maskerano chempionatdan avval termadagi faoliyatini yakunlashi kerak edi deydi. U shuncha yillik tajribasi bilan kechirib bo'lmas qo'pol xatolarga yo'l qo'ydi. Aslida, u o'zining maqomi, tajribasi bilan boshqa o'yinchilarni qo'llab-quvvatlashi lozim edi. Biroq, Xaver o'ziga bo'lgan ishonchi pastligi tufayli bazi kamchiliklari ko'zga tashlanib qoldi. 2003 yildan beri Argentina tarkibida maydonga tushsa ham, Inestachalik ham to'p sura olmadi.

Oribe Peralta va Rafael Markes (Meksika terma jamoasi)
Markes va Meksika terma jamoasi xuddi doim birga bo'ladigandek tuyulardi. Bu termani Rafaeldek etakchisiz tasavvur qilish qiyin edi. Lekin endi tarkibida Markes bo'lmaydigan Meksika terma jamoasiga ko'nikishga to'g'ri keladi. 39 yoshli futbolchi terma tarkibidagi 146 o'yinda ishtirok etib, 19 marotaba gol urgan. Peraltani ozchilik taniydi. Ammo meksikaliklar uni juda yaxshi ko'rishadi va hurmat qilishadi. U terma tarkibida 67ta uchrashuvda maydonga tushib, 25ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.        

Keysuke Xonda va Makoto Xasebe (Yaponiya terma jamoasi)
Xonda uzoq yillardan beri yaponlarning sevimli o'yinchilaridan biri sanaladi. Keysuke CSKAda to'p surganida, uning ko'plab muxlislari Rossiyaga kelib, o'yinni tomosha qilishgandi. U mamlakatining ishonchini qozona olgan. Bu yilgi chempionatda u o'yinda to'liq vaqt mobaynida ishtirok etolmasligini ko'pchilik yaxshi bilardi. Ammo, qisqa vaqt bo'lsa ham, u maydonda juda sifatli darajada harakatlandi. Belgiyaga qarshi uchrashuvda tezkor o'ynadi, Senegal darvozasiga gol urdi va Kolumbiya bilan bahsda golli uzatma berdi. Umuman olganda, ishini alo darajada bajardi. Uning hisobida 97ta o'yin va 37ta gol bor. Agar yaponlar finalga chiqqanida, Xonda ishtirokidagi uchrashuvlar soni 100ta bo'larmidi?! Xasebe — termaning faxriyi, muhim o'yinchilardan biridir. U termaning 114ta bahsida ishtirok etgan.
 
Vilyam Kvist va Mikael Kron-Deli (Daniya terma jamoasi)
Daniyaning muhim ikki yarim himoyachisi ham o'z termasi bilan xayrlashdi. To'g'ri, jamoa 1/8 finalgacha bordi. Ammo, bu vaqt ichida ular o'zini to'liq namoyon qilishga ulgurmadi. 33 yoshli Kvist jarohatlangani sababli faqat bitta o'yinda ishtirok etdi. 35 yoshli Kron-Deli ham 1ta bahsda maydonga tushdi, xolos.    
 
Roman Torres, Gabriel Gomes, Luis Texada, Xayme Penedo, Blas Peres, Felipe Baloy (Panama terma jamoasi)
Panamaning deyarli yarim o'yinchilari jamoasi bilan xayrlashdi. Gomes 34, Texad va Penedo 36, Baloy va Peres esa 37 yoshda. Ular orasida eng yoshi hisoblangan Gomes ham termadagi faoliyatiga nuqta qo'ydi. Gabriel Gomes jamoadagi eng og'ir (99 kg) o'yinchi ekani bilan ham boshqalardan ajralib turardi. SHuning sababli ham, raqiblari uni to'xtashi biroz qiyin kechardi.  

Serdar Azmun (Eron terma jamoasi)
Azmun faoliyatini yakunlashi kutilmagan va eng qayg'uli holat bo'ldi. «Rubin» futbolchisi endigina 23ga to'lgandi. U 2014-2018 yillar mobaynida milliy termasi tarkibida 36ta o'yinda ishtirok etib, 23ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. U hali maydonda «porlab», afsonaviy o'yinchilardan biri bo'lishi kerak edi. Ammo, termadagi bosim va tanqidlar natijasida u termadan ketishni istadi. Serdarning onasi betob edi. Turli gap-so'z va tanqidlar onasiga salbiy tasir ko'rsatib, ahvoli og'irlashmasligi uchun Azmun termani emas, onasini tanlagan.

Jahon CHempionatidan so'ng faoliyatini tamomlash eng to'g'ri qaror bo'lsa kerak. Qiziq, kimdir hech kimga bildirmay faoliyatiga nuqta qo'ysa, yana kimdir o'yin sifati pasaygani yoki yoshi o'tgani uchun chetlashtiriladi. Bazilar esa ancha vaqt o'tgandan keyin ushbu sohadan ketganligi haqida xabar beradi. Federaciyadagi kelishmovchiliklar tufayli Muhammad Salah ham Misr termasidan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Bundan tashqari, Aguero, Di Mariya, Roxo, hattoki, Iguain va Messi ham Argentina termasidan ketishi mumkinligi to'g'risida gap-so'zlar bolalagan edi. Lekin bular xalqaro turnirlarda tarqaladigan shunchaki mish-mishlardan biri hisoblanadi.  

soccer.ru saytidan Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика