Azizjon G'aniev va "SHabab Al Ahli" - BAA Superkubogi sohibi!
23 jan 2021 11:40
Yangiliklar


Azizjon G'aniev va "SHabab Al Ahli" - BAA Superkubogi sohibi!
Unda Otabek SHukurov o'ynayotgan "SHarja" klubi Azizjon G'aniev to'p tepayotgan "SHabab Al Ahli" klubi bilan to'qnash keldi.
Qiziqarli o'tgan bahs taqdirini 90+5-daqiqada urilgan gol hal qildi. Azizjon G'aniev jarima to'pini amalga oshirdi va Muhammad Marzuq gol urdi - 0:1. SHu tariqa "SHabab Al Ahli" - BAA Superkubogi sohibiga aylandi.
Otabek SHukurov ham, Azizjon G'aniev ham o'yinda to'liq harakat qilishdi.
"SHarja" - "SHabab Al Ahli" 0:1
Gol: Muhammad Marzuq 90+5 (Aziz G'aniev pas)
"SHarja": Odil Al Husani, SHahin Abdulrahmon, Salim Sulton, Ali Al Dhanhani (Muhammad Xalfan, 89), Markus Meloni, Igor Koronado, Saif Rashid (Majid Surur, 75), Xolid Ba Vazir (Kayo, 75), Otabek SHukurov, Muhammad Abdulvosit, Velliton (Salim Solih, 89)
"SHabab Al Ahli": Majid Nosir, Volid Abbos, Abdulaziz Hussayin, Hamdan Al Kamoli, Abdulaziz Sanqur (Muhammad Marzuq, 46), Karlos Eduardo, Majid Hassan, Fabio Kartabiya, Azizjon G'aniev, Yahyo Algassani (Muhammad Juma, 77), Igor Jesus.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar