So’nggi yangiliklar

16:29Ўзбекистон – Уругвай. Таркиблар маълум  5 16:02"Маргарет Тэтчер, эшитяпсанми, сайлов кампаниянг қизиган пайтда менда сенга бир хабар бор..."  1 15:54Қишда "Нефтчи"ни қайси футболчилар эркин агент сифатида тарк этиши мумкин?   2 15:40Ўзбекистон – Уругвай учрашувини кимлар шарҳлаб боради?  3 15:20Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Уругвайда жиддий йўқотиш  3 14:53Футбол бозорида янги давр: "Барселона" Ямаль учун мисли кўрилмаган таклиф олди!  6 14:26Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлик ўйинлари олдидан йиғин ташкил этади  0 13:58"Реал" Ҳоланд учун ҳаракатни бошлади  3 13:31Марсело Бьелса: "Рақиб жамоада Фабио Каннаваро каби юқори малакали мураббий бошчилик қилаётгани биз учун синов"  5 13:05"Қишки тозалаш": "Арсенал" 3 нафар футболчиси билан хайрлашади  1 12:36Ўзбекистон - Уругвай. Тахминий таркибимиз  25 12:30"Бунёдкор"нинг италиялик таҳлилчиси: "Каннаваро – ривожланиш учун улкан имконият"  2 12:11"Арсенал" собиқ футболчиси "Лутон Таун"ни бошқаради  0 11:43"Ал Аҳли" Педро трансфери борасида музокараларни бошлади  0 11:17Netflix Чемпионлар Лигаси ҳуқуқларини сотиб олмоқчи  0

Azizbek Amonov: “Buxoro” keyingi turlarda mag'lubiyatlar tasodifligini isbotlash va muxlislarni xursand qilish uchun o'ynaydi” Yangiliklar

Azizbek Amonov: “Buxoro” keyingi turlarda mag'lubiyatlar tasodifligini isbotlash va muxlislarni xursand qilish uchun o'ynaydi”

Superliga 2-turi doirasida o'tkazilgan yana bir uchrashuv o'z nihoyasiga etdi.

Muhsin Muhammadiev boshchiligidagi “Buxoro” jamoasi bugun poytaxtda “Paxtakor” mehmoni bo'ldi va yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi. Bahsdan so'ng dastlabki daqiqalardan asosiy tarkibda harakat qilgan Aziz Amonov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Yaxshi o'yin bo'ldi. “Paxtakor” o'z maydonida ustunlik qilishini bilar edik. O'yinga har tomonlama tayyorlandik. Baribir bugun maxorat o'z so'zini aytdi. Jamoamizdagi futbolchilar ko'pi yangi, turli jamoalardan kelib qo'shilishgan. O'yindan, o'yinga shakllanib borishga harakat qilamiz. O'z ustimizda ishlab keyingi turlarda bu mag'lubiyatlar tasodif ekanligini isbotlashga, shuningdek, muxlislarni xursand qilishga borimizni beramiz. Uzoq masofa bosib kelgan ishqibozlarimizga rahmat aytaman. Ikki o'yinda ham bir xil hisobda mag'lub bo'ldik, Qo'qonda o'zimizni ko'rsata olmadik. Biz birinchi turga suniy maydonda tayyorgarlik ko'rgandik, tabiiy maydon bilan o'rtasida farq bor. Jamoa yangidan tashkil etilayotgani bois hali futbolchilar to'liq kirishib keta olishganicha yo'q”, dedi “Buxoro” futbolchisi.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика