Aziz To'xtaboev: “Bugungi g'alabani klubimiz prezidentiga bag'ishlaymiz”
30 okt 2019 21:04
Yangiliklar


Aziz To'xtaboev: “Bugungi g'alabani klubimiz prezidentiga bag'ishlaymiz”
Coca Cola Superligasi 23-turi doirasidagi “Buxoro” – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Aziz To'xtaboev ishtirok etdi.
O'yinni ko'rdilaring shiddatli kurashlar ostida o'tdi. Birinchi navbatda bugungi g'alabani ertaga tug'ilgan kunini nishonlayotgan jamoamiz prezidenti Baxtiyorjon aka Tolipovga bag'ishlaymiz. Ularga munosib sovg'a hozirladik, deb o'ylayman. Bundan tashqari, bugun jamoamiz etakchisi Aleksandr Merzlyakov ham tug'ilgan kunini nishonlamoqda. G'alaba unga ham ajoyib sovg'a bo'ldi. Qolaversa, bizni hamisha qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizga ham rahmat aytaman.
Hozirgi holatda har ikki jamoaga ham g'alaba juda zarur edi. Odatda bunday uchrashuvlarda birgina gol o'yin taqdirini hal qilishi mumkin. SHuni inobatga olgan holda taktika tanladik va bu taktikamiz o'zini oqladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar