Aziz Haydarov: "Bahrayn bilan oson o'yin bo'lmaydi"
03 okt 2015 16:03
Yangiliklar


Aziz Haydarov: "Bahrayn bilan oson o'yin bo'lmaydi"
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarov kechagi mashg'ulotdan so'ng bo'lajak raqib haqida fikr bildirib o'tdi.
"Birinchidan, Bahrayn terma jamoasiga hurmat bilan qarash kerak. Ikkinchidan, biz uyda emas mehmonda harakat qilamiz. Uchinchidan, Bahrayn o'z uyida muxlislari oldida nima bo'lsa ham yuguradi.
Istalgan jamoa raqib qanchalik imkon berishidan kelib chiqib o'ynaydi. Bahrayn bilan oson o'yin bo'lmaydi, biz uchun ortga yo'l yo'q, faqat g'alaba qozonishimiz kerak.
Arabcha futbolga keladigan bo'lsak, hozir arablar yutayotganda avvalgidek ochiqchasiga vaqt cho'zishmaydi, bu narsa ancha kamaygan", - deydi Aziz Haydarov.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar