Aziz Haydarov maydonga qaytdi, Qilichev sariq kartochka oldi
25 jan 2014 09:59
Yangiliklar

Aziz Haydarov maydonga qaytdi, Qilichev sariq kartochka oldi
Kecha BAA pro-ligasida 16-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Biz etiboringizni hamyurtlarimiz ishtirokidagi o'yinlarga tortamiz.
Aziz Haydarov to'p tepayotgan "Al SHabab" klubi safarda "Al Jazira"ga maydonga tushdi va 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Biz uchun quvonarlisi o'tgan turlarni jarohati tufayli o'tkazib yuborgan Haydarov safga qaytgan. Kechagi bahsda u to'liq o'ynadi. "SHabab" ayni paytda 30 ochko bilan musobaqa jadvalining uchinchi pog'onasida bormoqda. Klub navbatdagi o'yinni 6 fevral kuni o'z uyida "Al Vasl"ga qarshi o'tkazadi.
"Al Jazira" - "Al SHabab" 1:0
Gol: Xyung Min SHin 45+1.
Oybek Qilichev faoliyat olib borayotgan "Al SHaab" klubi ham safarda 0:1 hisobida yuqazib qo'ydi. Hamyurtimiz "Al Vasl"ga qarshi o'yinning 56-daqiqasida sariq kartochka olgan va 70-daqiqasida boshqa futbolchiga almashtirilgan. "SHaab" 16ta turdan so'ng 10 ochko bilan musobaqa jadvalining 12-pog'onasida bormoqda. Jamoa endi 7 fevral kuni o'z uyida "Al Ahli" bilan o'ynaydi.
"Al Vasl" - "Al SHaab" 1:0
Gol: Muhammad Nosir 87.

Fikrlar