Aziz G'aniev va Otabek SHukurov "Nasaf"da
30 may 2020 23:59
Yangiliklar


Aziz G'aniev va Otabek SHukurov "Nasaf"da
BAA chempionatida faoliyat olib borayotgan ikki nafar legionerimiz ayni paytda O'zbekistonda bo'lib turishibdi.
"SHarja" yarim himoyachisi Otabek SHukurov va "SHabab Al Ahli" vakili Azizjon G'aniev pandemiya tufayli bir necha kun oldin yurtimizga qaytishgan va 14 kun karantinda bo'lishgan. Hozirga qadar yakka tartibda mashg'ulot o'tkazgan futbolchilar formalarini ushlab turish uchun "Nasaf" klubi mashg'ulotlariga qo'shilishadi.
"Nasaf" futbol klubi murabbiylar shtabi va barcha futbolchilar bir necha kun oldin koronavirus uchun test topshirishgan. Hech qaysi shaxsda virus aniqlanmagan.
Malumot uchun, BAAda koronavirus pandemiyasi tufayli chempionat o'yinlari avgust oyiga qadar qoldirilgan. BAA chempionatida 19ta tur ortda qolgan va klublar yana 7ta turni o'tkazishlari lozim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar