So’nggi yangiliklar

14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  12 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  4 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  2 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  9 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0

Aziz Asimov yo'q penaltini qo'ygan. 14-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi Yangiliklar

Aziz Asimov yo'q penaltini qo'ygan. 14-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Joriy yilning 4 avgust sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 14-turidan o'rin olgan uchta bahs yakuniga etdi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 5 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat. "Andijon" - OKMK to'qnashuvi: bahsli penalti.

"Andijon" - OKMK uchrashuvining 37-daqiqasida mezbonlarning 17-raqamli vakili raqib jarima maydoniga yorib kirayotgan vaqtda himoyachining qarshiligiga uchradi hamda yiqilib tushdi. Bosh hakam Rustam Lutfullin penalti belgiladi, VAR ham uning qarorini maqulladi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi qulay vaziyatga chiqib borayotgandi. Himoyachi uni ochiqchasiga chalib, to'xtatib qolgan. 11 metrlik jarima zarbasi belgilash uchun asos etarli. SHu sababli, komissiya tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb hisoblandi.



2-vaziyat. "Andijon" - OKMK o'yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Andijon" - OKMK bellashuvining 90-daqiqasida mehmonlarning 28-raqamli futbolchisi o'z jarima maydonida to'pni to'xtatayotgan vaqtda to'p uning qo'liga tekkandek ko'rindi. Ammo bosh hakam Rustam Lutfullin penalti uchun asos etarli emas, deb hisobladi va bahsni davom ettirdi. VAR ham uning qarorini maqulladi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda VAR vaziyatga aralashmay to'g'ri qilgan. Kadrlar himoyachining qo'liga yoki o'ynash mumkin bo'lgan tana qismiga to'p tekkanini ko'rsatib bera olmagan. Hakam to'g'ri joy tanlagan va holatni to'g'ri baholagan. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topdi.



3-vaziyat. "Metallurg" - "Lokomotiv" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.

"Metallurg" - "Lokomotiv" uchrashuvining 3-daqiqasida mezbonlarning 24-raqamli futbolchisi mehmonlarning 17-raqamli azosining oyog'iga butsasining tag qismi bilan jiddiy zarba berdi. Bosh hakam Aziz Asimov dastlab himoyachiga sariq kartochka ko'rsatdi. Ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, referi qarorni qizil kartochkaga o'zgartirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Futbolchi raqibiga nisbatan o'ta qo'pol harakat qilgan. Bu kabi hollarda to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatilishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.



4-vaziyat. "Metallurg" - "Lokomotiv" to'qnashuvi: bahsli penalti.

"Metallurg" - "Lokomotiv" uchrashuvining 20-daqiqasida mezbonlarning 4-raqamli vakili mehmonlar himoyachisi bilan to'p uchun kurashga kirdi va jarima maydonida yiqilib tushdi. Bosh hakam Aziz Asimov dastlab penalti uchun asos etarli emas, deb hisobladi va bahsni davom ettirdi. To'p maydon tashqarisiga chiqib ketgandan so'ng VAR hakami Asimovni monitor yoniga chaqirdi va referi vaziyatni to'liq o'rganib, nuqtaga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga noto'g'ri aralashgan. Rakurs orqali holatni aniq ko'rishning iloji yo'q. SHu sababdan, 11 metrlik jarima zarbasi belgilash uchun asos etarli emas. Komissiya tomonidan hakamlarning qarori noto'g'ri, deb hisoblandi.



5-vaziyat. "Metallurg" - "Lokomotiv" o'yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Metallurg" - "Lokomotiv" bellashuvining 55-daqiqasida mezbonlarning 22-raqamli futbolchisi poytaxtliklarning 2-raqamli vakiliga qarshi o'z jarima maydonida qo'pollik ishlatdi. Bosh hakam Aziz Asimov darhol nuqtaga ishora qildi. VAR ham uning qarorini maqulladi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda himoyalanayotgan futbolchi raqibining orqasidan qo'pollik ishlatib, uning to'pga egalik qilishiga qarshilik qilgan. Penalti belgilash uchun asos etarli va Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика