So’nggi yangiliklar

07:30Факт: "Бухоро" 9 йилдан сўнг Олмалиқда ғалаба қозонди  0 06:57Суперлига. Бугундан 14-турга старт берилади  1 02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисин сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  3 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  3 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  7 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  9 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  2 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  28 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  7 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  2 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  5 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  4

Aziz Asimov 4 ta, Vadim Agishev 6 ta o'yinga chetlashtirildi - Hakamlar qo'mitasi Yangiliklar

Aziz Asimov 4 ta, Vadim Agishev 6 ta o'yinga chetlashtirildi - Hakamlar qo'mitasi

2023 yilning 23 mart kuni O'zbekiston futbol associaciyasi Hakamlar qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi hakamlar harakatlari ko'rib chiqildi.

"SURXON" – "ANDIJON" (Coca Cola Superligasi, 2-tur)

2023 yil 11 mart kuni O'zbekiston Coca Cola Superligasi 2-turi doirasidagi "Surxon" – "Andijon" uchrashuvi birinchi yordamchi hakam Mahmud Turdiev, VAR hakam Aziz Asimov va AVAR hakami Alisher Usmonov uchrashuv davomida yo'l qo'ygan xatolari uchun nazoratchi tomonidan birinchi yordamchi hakam qoniqarli, VAR va AVAR hakamlari qoniqarsiz bahoga loyiq ko'rilgan.

Hakamlar qo'mitasi qaroriga ko'ra:

Mahmud Turdievga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo'limi 1-bandiga asosan ogohlantirish intizom chorasi qo'llanilsin;

Aziz Asimovga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo'limi 7-bandiga asosan Coca Cola Superligasida bosh hakam sifatida 4 ta, VAR hakami sifatida 8 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish intizom chorasi qo'llanilsin (uchrashuv natijasiga tasir ko'rsatgani uchun);

Alisher Usmonovga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo'limi 7-bandiga asosan Coca Cola Superligasida yordamchi hakam sifatida 4 ta, AVAR hakami sifatida 8 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish intizom chorasi qo'llanilsin (uchrashuv natijasiga tasir ko'rsatgani uchun);


"TURON" – "BUXORO" (U-21, 1-tur)

2023 yil 6 mart kuni U-21 chempionati 1-turi doirasidagi "Turon" – "Buxoro" uchrashuvining bosh hakami Akmal Rahimov, ikkinchi yordamchi hakam Azizbek Isakov va zaxira hakami SHahboz Vahobjonov uchrashuv davomida yo'l qo'ygan xatolari uchun nazoratchi tomonidan bosh hakam va ikkinchi yordamchi hakam qoniqarli, zaxira hakami esa qoniqarsiz bahoga loyiq ko'rilgan.

Hakamlar qo'mitasi qaroriga ko'ra:

Akmal Rahimovga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo'limi 1-bandiga asosan ogohlantirish intizom chorasi qo'llanilsin;

Azizbek Isakovga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo'limi 1-bandiga asosan ogohlantirish intizom chorasi qo'llanilsin;

SHahboz Vahobjonovga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo'limi 3-bandiga asosan 3 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish intizom chorasi qo'llanilsin;


"PAXTAKOR" – "NAVBAHOR" (Coca Cola Superligasi, 3-tur)

2023 yil 13 mart kuni O'zbekiston Coca Cola Superligasi 3-turi doirasidagi "Paxtakor" – "Navbahor" uchrashuvi bosh hakami Vadim Agishev, VAR hakami Firdavs Norsafarov va AVAR hakami Baxtiyorxo'ja SHavkatov uchrashuv davomida yo'l qo'ygan xatolari uchun nazoratchi tomonidan bosh hakam, VAR va AVAR hakamlari qoniqarsiz bahoga loyiq ko'rilishgan.

Hakamlar qo'mitasi qaroriga ko'ra:

Vadim Agishevga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo'limi 4-bandiga asosan Coca Cola Superligasida 6 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish intizom chorasi qo'llanilsin;

Firdavs Norsafarovga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo'limi 7-bandiga asosan Coca Cola Superligasida VAR hakami sifatida 4 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish intizom chorasi qo'llanilsin (uchrashuv natijasiga tasir ko'rsatmagani uchun);

Baxtiyorxo'ja SHavkatovga nisbatan nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo'limi 7-bandiga asosan Coca Cola Superligasida VAR hakami sifatida 4 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish intizom chorasi qo'llanilsin (uchrashuv natijasiga tasir ko'rsatmagani uchun).

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика