So’nggi yangiliklar

18:32Диогу Жотанинг ҳаётий ҳақиқатлари  0 18:14"Барселона" Уильямснинг трансфери барбод бўлгач, эътиборини "Ливерпуль" футболчисига қаратди  6 17:48"Арсенал" футболчиси билан шартномани муддатидан олдин бекор қилди  1 17:20"Бавария" собиқ ҳужумчиси Остон Ўрунов ўйнаётган жамоага бош мураббий бўлди  0 16:53"Ливерпуль" устози Слот Жота билан охирги суҳбати нима ҳақида бўлганини айтиб берди  0 16:27Расман: "Сўғдиёна" албаниялик ҳужумчи трансферини эълон қилди  12 16:10Дарвин Нуньес: "Табассумингни унутмайман"  1 15:44"Манчестер Сити" португалиялик дарвозабоннинг товон пулини тўлашга тайёр  0 15:17Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман"  2 14:56"Қизилқум" Ғузорда "Шўртан"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:38Уильямс трансферига нуқта қўйилди – футболчи "Атлетик"да қолади  12 14:09Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Кореяга мағлуб бўлди  12 13:55"Арсенал" Жотанинг вафоти муносабати билан ҳамдардлик билдирди  2 13:31Буюк Британия бош вазири Диогу Жотанинг ўлими ҳақида фикр билдирди  1 13:04Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас"  4

Azimjon Ahmedov: “Navbahor”da sovrinlarni yutish uchun qoldim” Yangiliklar

Azimjon Ahmedov: “Navbahor”da sovrinlarni yutish uchun qoldim”

Yangi mavsumda o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'ygan Namanganning “Navbahor” klubi o'tgan yilgi tarkib o'zagini deyarli saqlab qoldi.

Jumladan, tajribali yarim himoyachi Azimjon Ahmedov jamoa bilan yangi shartnoma imzoladi va bu yil ham “Navbahor” sharafini himoya qiladigan bo'ldi.

Xabaringiz bor, namanganliklar ayni paytda o'z o'quv-mashg'ulot yig'inlarini Turkiyada o'tkazishmoqda. Mazkur safar oldidan Azimjon Ahmedov bilan suhbat uyushtirib, unga o'zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik.

Quyida tajribali yarim himoyachining fikrlarini etiboringizga havola etamiz.

Mashg'ulotlar, o'rtoqlik bahslari, legionerlar borasida

- Namanganda bo'lib o'tgan mashg'ulotlarda asosan jismoniy tayyorgarlikka etibor qaratildi. Turkiyadagi o'quv-mashg'ulot yig'inida esa taktik-texnik tayyorgarlikka ko'proq urg'u beriladi. SHuningdek, u erda o'tkaziladigan nazorat-sinov bahslari sport formamizni tiklashimiz, yangi mavsumda namoyish etadigan o'yinlarimizda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamoamizda ko'plab legionerlar ko'rikdan o'tishdi hamda o'tishmoqda. Albatta, ulardan eng mahoratlilarini murabbiylar shtabi tanlab olishga intilmoqda.

Takidlash joizki, xorijlik futbolchi mahalliy o'yinchidan kamida bir bosh baland bo'lishi kerak. Murabbiylar shtabi shuning uchun legionerlarni astoydil sinovdan o'tkazmoqda.


Boshqa klublardan takliflar, “Navbahor”da qolish qarori, etakchilik haqida


- Menga shu yil boshida Yaponiya, Janubiy Koreya, Tailand, Xitoy davlatlari, shuningdek, arab mamlakatlari klublaridan moliyaviy tarafdan juda qulay va yaxshi takliflar bo'ldi.

Ammo Namangan viloyat hokimi Xayrullo Hayitbaevich Bozorov, Namangan shahar hokimi SHavkat SHokirjanovich Abdurazzaqov hamda “Navbahor” klubi vice-prezidenti Oybek Arifovich Samatov bilan suhbatlashganimdan so'ng, bo'lajak mavsumda jamoaning oldiga yuksak maqsadlar qo'yilayotgani, jumladan, “Navbahor” Osiyo CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun kurash olib borishi lozimligidan voqif bo'lganimdan keyin, viloyatimizning bosh jamoasiga ushbu niyatni amalga oshirish yo'lida yordam berishga ahd qilib, “Navbahor” bilan yangi shartnoma imzoladim, yani jamoada sovrinlarni yutish uchun qoldim.

Fursatdan foydalanib, Namangan viloyati va shahar hokimlari, klub rahbariyatiga biz – futbolchilarga barcha sharoitlarni yaratib berishayotgani uchun o'zim hamda jamoamiz nomidan o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Yangi mavsumda biz ularning ishonchlarini oqlash uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Jamoa etakchilaridan biri sifatida klub rahbariyati menga ishonch bildirdi. Albatta bu nomni oqlash oson emas va butun mavsum davomida barcha og'irlik etakchilarga tushadi.

Ammo biz tajribali hamda etakchi futbolchilar yosh hamkasblarimiz bilan kelishib oldik va yangi mavsumda barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, bir maqsad yo'lida birlashishga ahd qildik.

Xudo xohlasa, men ham yosh futbolchilarni qo'limdan kelganicha qo'llab-quvvatlab, ularga o'z maslahatlarimni berib turaman.


Tarkibdagi o'zgarishlar, Kanchelskis, akasi Odil Ahmedov to'g'risida


- Jamoamizning o'tgan yilgi tarkibi o'zagi saqlab qolindi va safimizga bir qator tajribali hamda mahoratli futbolchilar qo'shilishdi. Turkiyadagi yig'in davomida ham tarkibga yana bir qator o'yinchilarning qo'shilishlari takidlanmoqda.

Hozirgi tarkibimiz ham OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritishga qodir. Lekin yangi futbolchilarga baribir jamoaning o'yiniga kirishib ketishlari uchun biroz vaqt kerak.

“Navbahor”da tarkibning har yili o'zgaraverishi jamoaning o'yinlariga salbiy tasir o'tkazganligi barchaga malum.

Xudo xohlasa, ushbu tarkib bilan o'z oldimizga qo'yilgan maqsadga erishamiz, degan umiddaman.

“Navbahor”ning ayni paytdagi murabbiyi Andrey Antanasovich Kanchelskis ancha qattiqqo'l va talabchan murabbiy. U o'z etiborini ko'proq jismoniy tayyorgarlikka qaratadi.

Andrey Antanasovich Evropa futbolini ko'rgan tajribali mutaxassis hamda undan ko'p narsa o'rgansa bo'ladi.

Kanchelskisning qo'l ostida OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritishga intilamiz.

Akam Odil Ahmedovni barcha muxlislar yaxshi bilishadi. U shu darajaga o'z mehnatlari bilan erishdi. Akam mashhurligiga qaramay, ancha kamtar va mendan ham o'z maslahatlarini ayamaydi.

Jumladan, milliy chempionatimiz bahslari paytida har bir o'yindan oldin va keyin qo'ng'iroq qilib, uchrashuvdan oldin qanday o'ynash kerakligi borasida maslahat beradi, o'yindan keyin esa kamchiliklarimni aytadi. Uning maslahatlari albatta, futbolchilik faoliyatimda asqotmoqda.

Buning uchun fursatdan foydalanib, akam Odil Ahmedovga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.




Muxlislarga tilaklar


- Muxlislarga tilaklarim, biz - futbolchilarning baxtiga barchalari sog' bo'lishsin. Bizni doimo qo'llab-quvvatlab turishsin.

Yana ishqibozlardan shuni iltimos qilardimki, o'yinchilarning ortidan yomonlab, ular haqida salbiy fikrlarni bildirishmasin. Bu o'sha futbolchiga negativ tasir ko'rsatadi. Aksincha, har bir o'yinchini maqtab, olqishlab, qo'llab-quvvatlashsa, o'sha futbolchi bundan ruhlanib, o'yini yanada ochilib ketadi.

Muxlislardan ushbu fikrlarimni inobatga olib, yangi mavsum bahslari davomida bizni munosib tarzda qo'llashlarini tilayman.

Biz – futbolchilar esa ularning ishonchlarini oqlash, quvonch ulashish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Baxtimizga ular doimo sog'-salomat bo'lishsin.



Malumot uchun
Azimjon Ahmedov -
1992 yilning 4 yanvarida Namangan viloyati, Namangan tumanida tug'ilgan.
Futbol bilan 6 yoshidan shug'ullanishni boshlagan.
Birinchi murabbiyi – Malikjon Turdiev.
Namangan viloyat 15-sonli futbol maktab-internati, respublika olimpiya zaxiralari kollejini tamomlagan.
Ampluasi – yarim himoyachi.
O'ynagan jamoalari: “Navbahor” (Namangan, 2010 – 2015 yillar), “Paxtakor” (Toshkent, 2016 – 2018 yillar).
2019 yildan yana “Navbahor”da.
Oilali, 2 farzandning otasi.
Muxlis qiladigan jamoasi: “Real” (Madrid)
Havas qiladigan futbolchilari: O'zbekistondan akasi Odil Ahmedov, xorijdan “Real” klubi yarim himoyachilari - Toni Kroos va Luka Modrich.



“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика