So’nggi yangiliklar

01:05АПЛ. "Арсенал" — "Тоттенхэм" (онлайн ҳисоб)  2 01:00Испания кубоги. "Барселона" — "Бетис" (онлайн ҳисоб)  5 00:52"Челси" Лондоннинг бошқа клубида ўйнаётган футболчисини ортга қайтарди  0 00:28"Эльче" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 23:50"Ливерпуль" 19 ёшли форвардга қизиқмоқда  0 23:47"Интер" — "Болонья". Барелла, Димарко, Тюрам ва Лаутаро асосий таркибда  0 23:34"Бавария" — "Хоффенхайм". Сане, Мюллер ва Кейн асосий таркибда  1 23:06"Манчестер Юнайтед" Сузуки билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:15"Пахтакор" назорат учрашувида Япония вице-чемпионига мағлуб бўлди  10 21:51ЎзПФЛ 2024 йилдаги шубҳали ўйинларни текширишни сўраб ЎФА этика қўмитасига хат юборган  9 21:28Роналду "Ал Насср" билан шартномани узайтирса, клуб акциядорига айланади  4 21:01МЮ Антони борасида Ла Лига клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 20:35ПСЖ Jordan брендидан янги либослар тўпламини тақдим этди  0 20:11Араухонинг "Барселона"даги келажаги маълум  5

Azimjon Ahmedov: “Navbahor” sardorligim ostida OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritsa, mendan baxtli odam bo'lmaydi” Yangiliklar

Azimjon Ahmedov: “Navbahor” sardorligim ostida OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritsa, mendan baxtli odam bo'lmaydi”

“Navbahor” jamoasi azolari ayni paytda Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi qo'l ostida Turkiyaning Antaliya shahrida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borishmoqda.

 Azimjon, Turkiyadagi mashg'ulotlar qanday o'tyapti?

– Juda yaxshi o'tyapti. Murabbiylar mazkur yig'inda asosan jismoniy tayyorgarlikka etibor berishmoqda. Barcha futbolchilar birga mashg'ulotlar o'tkazib, o'zaro muloqot qilyapmiz. SHuningdek, mazkur yig'in davomida  nazorat-sinov bahslari o'tkazish ham rejalashtirilgan. Bo'lajak o'rtoqlik  uchrashuvlari orqali bir-birimizni maydonda yanada yaxshi tushunadigan, bundan tashqari, o'zaro o'yin amaliyotiga ega bo'lamiz. Qisqasi, Turkiyadagi yig'in yangi mavsumdagi o'yinlarimiz uchun ancha asqotadi, degan fikrdaman.  

- Turkiya safari oldidan “Navbahor” bilan tuzilgan shartnomangiz muddatini uzaytirdingiz. Mazkur qarorga kelishingizga jamoaning yangi murabbiyi Samvel Babayan bilan “Paxtakor”da birga faoliyat yuritganingiz va ushbu mutaxassisning nimalarga qodirligini juda yaxshi bilganingiz sabab bo'ldimi?

– Bu borada klub rahbariyati, jumladan, klub prezidenti Otabek Arifovich Samatov, jamoa bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan bilan o'zaro gaplashdik, fikr almashdik. Ular yangi mavsumda “Navbahor” o'z oldiga Osiyo CHempionlar Ligasi (OCHL) yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasini qo'yganligi, buni amalga oshirish maqsadida, jamoa tarkibi kuchaytirilishi, buni amalga oshirish uchun yordam berishim lozimligini takidlashdi. SHuning uchun “Navbahor” bilan tuzilgan shartnomam muddatini uzaytirishga qaror qildim. Xudo xohlasa, yangi mavsumda jamoadoshlarim bilan sovrindorlar safidan o'rin egallaymiz, degan umiddaman.

 “Navbahor”ning o'tgan mavsumdagi o'yinlari borasida fikringiz.  Sizningcha, jamoaning  sovrindorlar safidan joy olishi uchun nima etishmadi?

– O'tgan mavsum albatta, jamoamiz uchun omadsiz yakunlandi. Bunga esa murabbiylar shtabida yuz bergan o'zgarishlar, shuningdek, ayrim bahslarda omadning yuz o'girgani o'z tasirini ko'rsatdi.

O'zingizga malum, yangi mavsumga tayyorgarlikni No'mon aka Hasanov boshchiligidagi murabbiylar shtabi  qo'l ostida o'tkazdik. Ilk turda o'z maydonimizda “So'g'diyona”ga imkoniyatni boy berganimizdan so'ng, No'mon aka istefoga chiqarilib, uning o'rniga Viktor Romanovich Jalilov bosh murabbiy etib tayinlandi. Viktor Romanovichning o'yin   taktikasiga moslashishimiz esa biroz vaqt talab etdi. Davralar oralig'ida maslahatchi-murabbiy sifatida ish boshlagan Samvel Vyacheslavovich Babayan ham o'yin taktikasi borasida o'z maslahatlarini berib turdi.

Qisqasi, yangi murabbiylarning o'yin uslubiga moslashish biroz qiyin kechdi va ushbu omillar natijalarga o'z tasirini o'tkazdi. 

“Navbahor”ning o'tgan mavsumda sovrindorlar safidan o'rin ololmaganligining asosiy sababi, shu menimcha.  

 – Siz jamoa sardori va etakchi futbolchilardan birisiz. Buning masuliyati borasida nima deya olasiz?

– Jamoa sardori murabbiy hamda futbolchilar o'rtasidagi ko'prik bo'lishi, maydonda jamoadoshlarini o'z ortidan ergashtira olishi, shuningdek, ularga o'z maslahatlarini berib, qo'llab-quvvatlashi lozim. SHu jihatdan olib qaraganda, sardorlikning masuliyati juda og'ir. Lekin sardor ekanman, shu masuliyatni qo'ldan kelganicha amalga oshirishga harakat qilyapman.

Biroq kezi kelganida aytish lozimki, sardor bo'lish oson emas. Boisi, Xudo ko'rsatmasin, jamoa mag'lubiyatga uchraydigan bo'lsa, hamma kaltak sizning boshingizda sinadi. Ammo bunga ham qo'ldan kelganicha sabr qilyapman. Xudo xohlasa, yangi mavsumda “Navbahor” sardorligim ostida OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritsa, mendan baxtli odam bo'lmaydi.

Ushbu vazifani amalga oshirish uchun esa jamoadoshlarim bilan qo'ldan kelganicha harakat qilamiz.

 Yangi mavsumdan nimalarni kutyapsiz?

– Bo'lajak mavsumda jamoamiz  yuqori o'rinlar uchun kurashib, sovrindorlar safidan joy olishi, muxlislarimizni xursand qilishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz. Buni amalga oshirish niyatida jamoamiz tarkibi ancha kuchaytirilib, “Navbahor”ga ancha mahoratli futbolchilar jalb etilmoqda.

 Muxlislarga tilaklaringiz... 

– Avvalo muxlislarni  yangi – 2022 yil bilan tabriklayman. Yangi yil barchalariga baxt va quvonch olib kelsin. “Navbahor”ning g'alabalari va yangi mavsum yakunidagi zafarini birga nishonlash nasib etsin, ilohim! 

Bizning malumot

Azimjon Ahmedov – 1992 yil 4 yanvarda Namangan viloyatining Namangan tumanida tug'ilgan.

Futbol bilan 6 yoshidan shug'ullanishni boshlagan.

Namangandagi futbol maktab-internatini tamomlagan.

Birinchi murabbiylari: Malikjon Turdiev va Ahmadjon Xolmirzaev.

Ampluasi: yarim himoyachi.

O'ynagan jamoalari: “Navbahor” (Namangan, 2011 – 2015 yillar), “Paxtakor” (Toshkent, 2016-2018 yillar). 2019 yildan yana “Navbahor”da.

Oilali. Uch farzand, yani, ikki o'g'il va bir qizning otasi.

Muxlislik qiladigan jamoasi: “Real” (Madrid).

Yoqtirgan futbolchisi: Stiven Jerrard.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика