So’nggi yangiliklar

21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  2 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  23 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  14 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0

"Ajdarlar" mavsumni g'alaba bilan boshlashdi: "Nasaf" - "Andijon" 3:1 Yangiliklar

"Ajdarlar" mavsumni g'alaba bilan boshlashdi: "Nasaf" - "Andijon" 3:1

Qarshida shahridagi "Nasaf" va "Andijon" o'rtasidagi o'yinining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.


NASAF – ANDIJON 3:1
12 mart 2015. Qarshi. "Markaziy" stadion. 6247 tomoshabin
Hakamlar
: M.Muhamedov, A.Capenko, R.Serazetdinov, I.Ibragimov.
Nazoratchi: S.Najafaliev.

Gollar: Artur Gevorkyan 21, - 1:0 (Ilhom Yunusov). Artur Gevorkyan 45, - 2:0. Oleksandr Kablash 54, - 3:0 (Artur Gevorkyan). Rustam Azamov 67, - 3:1.

"Nasaf": 30.O'tkir Yusupov, 5.Botir Qoraev, 9.Ilhom SHomurodov, 15.Roy Rok, 17.Artur Gevorkyan, 18.Bahrom Abdurahimov (22.SHohruh Gadoev, 75), 20.Erkin Boydullaev, 23.SHerzod Azamov, 27.Ilhom Yunusov (7.Akram Baxritdinov, 62), 28.SHuhrat Muhammadiev, 99.Oleksandr Kablash (34.Farruh Sayfiev, 83).
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 32.Hamza Karimov, 33.Odil Hamrobekov.

"Andijon": 12.Gennadiy Moshnyaga, 3.Davron Tursunov, 4.Rahim Qodirov, 6.Ibrohim Otaxonov, 10.Predrag Vuyovich, 17.Timur Vasilev, 18.Rustam Azamov, 22.Iqbol Akramov (20.Sayriddin Gaffarov, 30), 23.Sanjar Asqaraliev, 28.Rasul Rahmonov, 70.Farruh SHotursunov.
Zaxira: 34.Lochin Dolimov, 7.Asqar Jadigerov, 8.SHukur Jumaboev, 11.Abdumalik Abdullaev, 19.Doniyor Usmonov, 33.Umrillo Ramazonov.


                               MATNLI TRANSLYACIYA
                                         
YANGILASH

90+3. Qarshining "Nasaf" klubi mavsumning ilk turida "Andijon"ni mag'lub etdi - 3:1.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88.
Ibrohim Otaxonov Farruh Sayfievga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi

83.
Oleksandr Kablash o'rniga Farruh Sayfiev maydonga tushdi.

79.
"Andijon" tarkibida o'zgarish. Predrag Vuyovich o'rniga Asqar Jadigerov maydonga tushdi.

75.
"Nasaf" tarkibida o'zgarish. Bahrom Abdurahimov o'rniga SHohruh Gadoev maydonga tushdi.

67. Mehmonlar yarim himoyachisi Rustam Azamov hisobni qisqartirdi - 3:1.

67. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Rustam Azamov 3:1!

64.
"Nasaf" - "Andijon" uchrashuvini 6247 nafar tomoshabin bevosita stadiondan kuzatib bormoqda.

62.
"Nasaf" tarkibida o'zgarish. Ilhom Yunusov o'rniga Akramjon Bahritdinov maydonga tushdi.

54. Artur Gevorkyanning chap qanotdan uzatib bergan to'pini Oleksandr Kablash darvozaga yo'llab hisobni 3:0ga etkazdi.

54. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Oleksandr Kablash 3:0!!!

48.
Kablash raqib himoyachilarining qo'pol xatosidan keyin darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi ammo zarbasi kuchsiz chiqdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+2.
Birinchi bo'lim tugadi

45. Artur Gevorkyan darvozabon xatosidan keyin chamasi 34 metrlar masofadan to'pni darvozaga aniq yo'lladi - 2:0.

45. GOOOOOOOOOOOOOOL! Artur Gevorkyan!!! 2:0

43.
Bahrom Abdurahimov chamasi ikki metr masofadan to'pni darvozaga noaniq yo'lladi...

35.
Artur Gevorkyanning zarbasi yo'liga bu safar Gennadiy Moshnyaga to'g'anoq bo'ldi.

30. "Andijon" tarkibida o'zgarish. Iqboljon Akramov o'rniga Sayriddin Gaffarov maydonga tushdi.

24. “Andijon” sardori Rasuljon Rahmonovning chamasi 25 metrlardan jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

21. Burchakdan Ilhom Yunusov tomonidan uzatilgan to'pni jamoa sardori Artur Gevorkyan boshi bilan darvozaga yo'llab, o'yinda hisobni ochdi - 1:0

21. GOOOOOOOOOOOOOOL! 1:0 Artur Gevorkyan


18. Gevorkyan-Kablash-SHomurodov kombinaciyasi Ilhomning kuchli zarbasi bilan yakun topdi. Noaniq.

10. Rok Roy tomonidan chamasi 28 metrlar uzoqlikdan yo'llangan zarbani “Andijon” posboni qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

1. Uchrashuv boshlandi!

- Davlat madhiyasi sadolari ostida har ikkala jamoa sardorlari Qarshi shahrida musobaqa bayrog'ini ko'tarishdi

- Uchrashuvdan oldin "Nasaf" bosh menejeri SHamil Yarulin o'tgan mavsum to'purari Artur Gevorkyanga futbolchimiz uchun atalgan maxsus kubokni topshirdi.

- Matnli translyaciya "Nasaf" klubi matbuot xizmati bilan hamkorlikda olib boriladi.

- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика