Azar: "Zidan mening kumirim edi, oq futbolka esa benuqsondek tuyulaverardi"
16 jan 2020 01:52
Yangiliklar
Azar: "Zidan mening kumirim edi, oq futbolka esa benuqsondek tuyulaverardi"
Madridning "Real" klubi vingeri Eden Azar jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Avvallari uyda o'zimni "Real"da o'ynayotganimni tasavvur qilib to'p tepardim. Zidan mening kumirim edi, oq futbolka esa benuqsondek tuyulardi.
Futbolchi sifatida biz u bilan boshqa xil uslub egalarimiz. Zidan texnika borasida mendan kuchliroq edi. Unga qarasangiz, futbolni chindan ham yaxshi ko'rishini tushunasiz. U menga Evro-2016 musobaqasi o'tkazilayotgan mahalda qo'ng'iroq qilib meni "Real"da ko'rishni xohlayotganini aytgandi.
Zidan mashg'ulotlarni doim to'p bilan o'tkazadi. Men so'nggi 3 yilni italiyalik mutaxassislar bilan o'tkazdim va unchalik qoniqmadim. Endi o'zimga yoqqan narsalarni qayta kashf qilmoqchiman", – deydi Azar.
Fikrlar