Azar "Real"ning umumiy guruhida shug'ullanmoqda. U "Liverpul"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin
02 apr 2021 16:39
Yangiliklar
Azar "Real"ning umumiy guruhida shug'ullanmoqda. U "Liverpul"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar kutilganidan ko'ra tezroq tiklanmoqda.
Bugun belgiyalik futbolchi jarohatidan so'ng ilk bor jamoaning umumiy guruhdagi mashg'ulotlarida ishtirok etdi. 30 yoshli o'yinchi CHL 1/4 finali doirasidagi "Liverpul"ga qarshi ilk bahsda maydonga tushishi mumkin.
Umumiy guruhga shuningdek ertangi "Eybar"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin bo'lgan xavbek Toni Kroos qaytgan.
Azarning kamida bir oy maydonga tushmasligi kutilgan edi, jarrohlik amaliyoti bo'lsa mavsum so'nggiga qadar safdan chiqishi aytilgan edi.
"Real" "Liverpul"ga qarshi ilk o'yinni 6 aprel kuni o'tkazadi.
Fikrlar